Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Qadimiy va navqiron Buxoro ziyorati

Yangilangan sana: 30 Oktabr 2019, 08:59
Qadimiy va navqiron Buxoro ziyorati
29 Okt 2019

Ulug‘vor minoralar shahri – Buxoro o‘zining ming yillik obidalari bilan dunyo ahlini mana necha asrlarki, hayratga solib keladi. O‘tmishi tog‘lardanda yuksak, shonli tarixning jonli guvohi bo‘lgan Buxoroda ko‘plab minoralar mavjudki, ular qariyb o‘ttiz asrni qarshilagan shahar husniga ko‘rk qo‘shib kelmoqda.

DSCN8102.jpg

Davlatimiz rahbarining 2019 yilning 5 yanvarida qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash va ichki turizm yo‘nalishida bank xodimlari hamda ularning oila a’zolarini yurtimizdagi diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obidalari va muqaddas qadamjolariga tashrifini tashkil etish orqali ularga boy tariximizga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi tushunchalarini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 26-27 oktabr dam olish kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining bir guruh jamoasi qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahriga sayohatga tashrif buyurishdi.

DSCN8088.jpg

Qadim zamonlardan ma’lumki, Buxoro – O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri hisoblanadi. Tarixchi va tilshunoslarning fikricha, “Buxoro” so‘zi “qal’a” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, Buxoro shahri Buyuk Ipak yo‘lini birlashtiruvchi eng muhim nuqtalardan biri sanaladi. Eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lgan Buxoro shahri nafaqat mamlakat aholisini, balki butun dunyo xalqlarining e’tiborini tortmoqda.

DSCN8104.jpg

Bankning Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan sayohatning birinchi kuni bank jamoasi Buxoro shahrining qadimiy qismidagi diqqatga sazovor joylari, “Ark” qal’asi, “Labi hovuz”, “Minorai Kalon” me’morchilik namunalari, “Mag‘oki-Attor” masjidi, “Ulug‘bek”, “Abdulazizxon”, “Ko‘kaldosh”,“Mir Arab” va Nodir Devonbegi madrasalari va xonaqosi kabi ko‘plab tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi.

DSCN8124.jpg

Safarning ikkinchi kunida bank jamoasi hazrati Bahouddin Naqshbandiy, “Sitorai Mohi Xosa” majmualari, Ismoil Somoniy maqbarasi va Chashma-Ayub maqbaralarini ziyorat qildilar. Bunday sayohatlarning tashkil etilishi qalbda vatanga muhabbat, ajdodlarning merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Buxoroning tarixiy va madaniy yodgorliklari bankning barcha xodimlarida unutilmas taassurot qoldirdi.

DSCN8116.jpg

Bugungi kunda Buxoro O‘zbekistonning ilm-fan, hunarmandchilik, ma’naviyat va turizmning muhim markazi bo‘lgan yetakchi shaharlardan biri bo‘lib, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Buxoroliklar buyuk shaharning asl boyliklarini ehtiyotkorlik bilan asrab-avaylashadi va ular bilan haqli ravishda faxrlanadilar.

DSCN8094.jpg

Bank rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bunday sayohatlar bank xodimlarining kayfiyatini ko‘tarish bilan birga, xodimlar ma’naviyatini oshirish va jamoaviy ruhni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

DSCN8100.jpg

DSCN8014.jpg

 

DSCN8023.jpg

DSCN8094.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 5604
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech