Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Moliyaviy savodxon bankir – tadbirkor tayanchi

Yangilangan sana: 30 Iyul 2019, 14:49
Moliyaviy savodxon bankir – tadbirkor tayanchi
29 Iyul 2019

Mamlakatimizda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, bank xodimlari, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish ishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

photo_2019-07-29_16-40-18.jpg

Prezidentimizning “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini Trastbank tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodimga yetkazishmaqsadida turlio‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.

photo_2019-07-29_16-40-24.jpg


Navbatdagi 4 kunlik amaliy seminar joriy yilning 25-28 iyul kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi va viloyat filiallaribosh hisobchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

photo_2019-07-29_16-40-32.jpg

Ta’kidlash joizki, mazkur seminar bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishni inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek bank tizimini yanada rivojlantirishda“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

photo_2019-07-29_16-40-41.jpg

O‘quv-seminar davomida Bank moliya akademiyasi professorlari Abdug‘ofur Ibragimov va Nurbek Rizayevlarseminar ishtirokchilariga moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari va uning ahamiyati, foyda solig‘i, tijorat banklarida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, transformatsiya qilish, nomoddiy aktivlar, ichki bank operatsiyalarini xalqaro standartlar asosida yuritish, personal menejerlik faoliyatining nazariy jihatlari hamda soliqqa tortish bazasini hisoblashni takomillashtirish haqidagi bilim va kasbiy malakalarini oshirish masalasiga batafsil to‘xtalib, seminar ishtirokchilariga tegishli tushunchalar berildi.

photo_2019-07-29_16-40-48.jpg

- Tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish va ularning korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘plab qaror va farmonlar ishlab chiqildi, - deydi Bank-moliya akademiyasi professori Nurbek Rizayev.

photo_2019-07-29_16-40-37.jpg

Demak, bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri xalqaro standartlar asosida tijorat banklardagi buxgalteriya hisobini tashkil etish va ularda hisob siyosatini shakllantirishdan iborat.

photo_2019-07-29_16-40-52.jpg

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hisob siyosatini tuzish tartibi buxgalteriya hisobi tizimida yangi yo‘nalishlardan biri ekanligini inobatga olganda, banklar amaliyotida ularni sifat va mazmuni bo‘yicha qo‘yilgan talablar yetarli darajada emasligi va hisobdagi o‘zgarishlarga mos ravishda tuzilmayotganligikuzatilmoqda.

photo_2019-07-29_16-42-17.jpg

O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish, hisob-kitobni to‘g‘ri olib borish va samarali hisob siyosatini ishlab chiqish bevosita banklarning kredit berish imkoniyatlarini oshirishda, bo‘sh mablag‘larni banklarga ko‘proq jalb qilish hisobidan ularning investitsiya jarayonidagi ishtirokini kengaytirishda muhim masala hisoblanadi.

photo_2019-07-29_16-42-23.jpg

Banklarda hisob siyosatini MHXSlari asosida shakllantirish va unga to‘liq rioya qilish banklar faoliyatining shaffofligiga, moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlaridan bank tizimi bo‘yicha yetarlicha ma’lumotlarni olishga, bank resurslaridan samarali foydalanishga hamda xalqaro integratsiyalashuv jarayonini oshishiga olib keladi.

photo_2019-07-29_16-42-27.jpg

“Trastbank” tizimida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha ishlarning yo‘lga qo‘yilishi bank faoliyatining shaffofligini oshirishga, bu esa, o‘z navbatida, xorijiy investorlar va xalqaro tashkilotlar, omonatchilar va mijozlarning bank to‘g‘risida yetarlicha ma’lumot olishiga, milliy moliya-bank tizimining xalqaro moliyaviy tizimga integratsiyalashuv jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qiladi, - deya so‘zini yakunladi Nurbek Rizayev.

photo_2019-07-29_16-42-33.jpg

Seminar davomida Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti xodimlari hamda filiallar bosh hisobchilari o‘rtasida ochiq muloqotlar, savol-javoblar, testlar va qiziqarli intellektual zakovato‘yinlari musobaqasi o‘tkazilib, kelgusida bank va mijoz o‘rtasida alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida kengroq tasavvurlarga ega bo‘lishdi. Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

photo_2019-07-29_16-42-39.jpg

“Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari” mavzusidagi 4 kunlik o‘quv-seminаr o‘z ishini yakunladi.

photo_2019-07-29_16-42-43.jpg


photo_2019-07-29_16-42-48.jpg


photo_2019-07-29_16-42-54.jpg


photo_2019-07-29_16-42-58.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 983
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech