Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  1 May 2020, 10:32

Sahiylik – insonning eng oliy xulqi sanaladi
29 Apr 2020

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 20-aprel kuni sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining to‘liq ishlashini taʼminlash masalalari bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surgani juda katta tarixiy voqea bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, o‘zbek xalqi mehr-oqibat va ezgulik kabi tushunchalarni doimo o‘zida mujassam etib, bag‘rikeng o‘zbek deya nom taratgani ham bejiz emas.

Hozirgi pandemiya paytida butun dunyoda kuzatilayotgani kabi yurtimizda ham ishsizlar, yordam va ko‘makka muhtoj aholi soni ortishi qayd etilgan. Biroq, bag‘rikeng o‘zbek xalqi bunday sinovli kunlarda ezgu-amallar va o‘zining saxovatpeshaligi bilan xalq dardiga darmon bo‘lmoqda.

IMG_3462.JPG

Maʼlumki, saxovatli yurtdoshlarimiz xayru ehsonni faqat savob uchun yashirin tarzda amalga oshirishga harakat qilib kelgan. Ammo hozirgi qiyin kunlarda odamlarga dalda bo‘lish yoki ibrat ko‘rsatish orqali boshqalarni ham shunga daʼvat qilish maʼnosida bunday ishlar ko‘proq oshkora amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Darhaqiqat, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham ana shu qadriyatni doimo qadrlaydi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatish borasidagi qadriyatlarni amalga oshirishga eʼtibor qaratib keladi.

IMG_3465.JPG

Xususan, “Trastbank” va Shayxontohur tumani hokimiyati hamkorligida Bankning Amaliyot boshqarmasida tuman aholisini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va ko‘mak” umumxalq xarakatining “Mahalla” hayriya jamoat fondi hisobraqami ochilganiga juda qisqa muddat bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, bugungi kungacha bank va tuman tadbirkorlari tomonidan 1 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushdi.

Bankning Amaliyot boshqarmasi va Shayxontoxur tuman hokimligi hamkorligida tumandagi 51 ta mahalla qamrab olinib, 3,5 mingdan ziyod kam taʼminlangan, ehtiyojmand, qarovchisiz qolgan qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan va vaqtincha ishsiz qolgan oilalarga dalda bo‘lish va yetimlar boshini silashda barchaga ibrat bo‘lish maqsadida har bir oila aʼzosiga 1 mln. so‘mdan pul mablag‘lari bilan to‘ldirilgan maxsus bank plastik kartalari ochildi hamda sanitariya qoidalariga amal qilgan holda aholiga yetkazib berilishi taʼminlandi.

IMG_3467.JPG

- Ezgulik, mehr-shafqat va sabr-qanoat oyi bo‘lgan fazilatli Ramazon oyi bu yil dunyoda koronavirus kasalligi keng tarqalgan og‘ir davrga to‘g‘ri keldi, - deydi mahalla faoli.

Albatta, hadisi shariflarimizda ham “Ehtiyojmand miskinga g‘amxo‘rlik qiluvchi kishi Alloh taolo yo‘lida saʼy-harakat qiluvchi yoki kechalari bilan toat ibodat qilib, kunduzlari ro‘za tutuvchi kishi kabidir, - deyilgan. Yurtboshimizning “Saxovat va ko‘mak” fondini tashkil etish tashabbuslari bilan bugun tuman hokimligi, tadbirkorlar va Trastbank rahbariyati tomonidan mahallamiz fuqarolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilgan xayr-ehsonlaridan juda minnatdormiz, bu mablag‘ hozirgi pandemiya sharoitida albatta xalqimizga katta ko‘mak bo‘ldi, - deya so‘zini yakunladi mahalla faoli.

IMG_3492.JPG

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Shayxontohur tuman hokimligi jamoasi “Sahovat va ko‘mak” umumxalq xarakatining “Mahalla” hayriya jamoat fondi tomonidan ushbu xayrli ishlarni tashkil etishida yaqindan yordam berayotgan barcha homiy tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda homiylik istagida ushbu aksiyaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan sahovatpesha fuqarolar hamda tadbirkorlarimizni hamkorlikka chorlaydi.

“Sahovat va ko‘mak” umumxalq xarakatining “Mahalla” xayriya jamoat fondi Shayxontohur tumani bo‘linmasi rekvizitlari:

INN: 202 436 289

h/r 22626000203601377002

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Amaliyot boshqarmasi rekvizitlari:

Manzil: 100011, Toshkent sh, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi 7-uy;

MFO: 00 491, INN: 201055090

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 99

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
10139.30
11051.84
12333.44
141.35
10443.20
94.22
Sotib olish
10110.00
10500.00
12000.00
100.00
10000.00
70.00
Sotish
10200.00
11500.00
13500.00
160.00
11000.00
110.00
 
9.74
96.72
72.62
3.81
15.41
-0.43
MB kursi - 26.05.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 08.05.2020 15:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech