Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ochiq muloqotning samarasi
28 Aug 2019

Davlat rahbarining bank tizimi oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalar mohiyatini anglagan, zimmasidagi mas’uliyatni his qilgan mutasaddi rahbar borki, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishni rag‘batlashtirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish, qolaversa ish uslubini o‘zgartirgan holda o‘z mijozlari bilan biznes-hamkor bo‘lishga intilib, muloqotning samarali usullaridan foydalanmoqda.

Tadbirkorlar hamkoriga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbariyati ham viloyat va tumanlarda turli soha hamda yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, eksportyor korxonalar rahbarlari bilan ochiq muloqotlar tashkil etmoqda.

Jumladan, shu kabi ochiq muloqotlardan biri joriy yilning 27 avgust kuni bankning Jizzax filialida Bank Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Xususan, ochiq muloqot davomida tadbirkorlar bank xizmatlariga oid yangi qonun hujjatlari, kredit buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish tartibi, eksport operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga yaratilayotgan imtiyozlar, bank tarif stavkalari va boshqa bank faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shuningdek, Bank Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov eksport bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga “Islomiy darcha” xizmati tamoyillari haqida to‘liq tushuncha berdi.

Tadbirkorlar bunday qabullar va munozaralarning foydaliligini tan olib, belgilangan formatda hamkorlikni davom ettirish istagini bildirishdi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 34

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9411.30
10421.13
11764.13
146.51
9504.44
87.09
Sotib olish
9360.00
10000.00
11300.00
100.00
9000.00
70.00
Sotish
9440.00
10600.00
12000.00
170.00
9600.00
100.00
 
15.67
60.57
225.36
3.55
-13.01
-0.80
17.09.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech