Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Epidemiologik vaziyat tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan jismoniy shaxslarning kredit toʼlovlariga imtiyozli davr berish boʼyicha murojaatlar onlayn shaklda qabul qilinadi

Yangilangan sana: 31 Mart 2020, 15:51
Epidemiologik vaziyat tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan jismoniy shaxslarning kredit toʼlovlariga imtiyozli davr berish boʼyicha murojaatlar onlayn shaklda qabul qilinadi
27 Mar 2020
Koronavirus infektsiyasi tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit toʼlovlari bilan bogʼliq risklarni yumshatish maqsadida, «Trastbank» xususiy aktsiyadorlik banki tomonidan moliyaviy ahvoli ogʼir boʼlgan jismoniy shaxslarning kredit toʼlovlarini (isteʼmol krediti, avtokredit va mikroqarz) qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy toʼlovlar muddatlarini uzaytirish uchun masofadan turib murojaat qilishlari yoʼlga qoʼyildi.

Kredit boʼyicha toʼlovlarni qaytarish yuzasidan imtiyozli davr berish hamda yakuniy toʼlovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish (restrukturizatsiya) masalasi yuzasidan murojaatlar karantin va ijtimoiy masofalanish talablaridan kelib chiqib elektron shaklda qabul qilib boriladi hamda bank tomonidan koʼrib chiqilib, natijasi boʼyicha maʼlumot beriladi.

Kredit boʼyicha toʼlovlarni qaytarish yuzasidan imtiyozli davr qarzdor-jismoniy shaxslarning aprelь oyidan sentyabrь oyigacha toʼlanishi lozim boʼlgan toʼlovlariga qoʼllaniladi. Аriza shaklini bankning rasmiy veb-sahifasidan yuklab olishingiz mumkin.

Filiallarning elektron manzillari:

Аmaliyot boshqarmasia.utkirov@trustbank.uz
"Toshkent" filialiu.radjabov@trustbank.uz
"Darxon" filialib.kudratillaev@trustbank.uz
Yakkasaroy filialim.ergasheva@trustbank.uz
Namangan filialin.quchqorov@trustbank.uz
Termiz filialie.norkulov@trustbank.uz
Аndijon filialik.artikov@trustbank.uz
Samarqand filialif.botirov@trustbank.uz
Qarshi filialif.karimov@trustbank.uz
Fargʼona filialifsh.juraev@trustbank.uz
Jizzax filialish.boboev@trustbank.uz

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 972
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech