Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”ning imtiyozli kreditlari hisobidan yangi maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilmoqda

Yangilangan sana: ...
“Trastbank”ning imtiyozli kreditlari hisobidan yangi maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilmoqda
27 Yan 2020

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim tarmog‘ini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bois, davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan maktabgacha ta’lim tizimini, shu jumladan maktabgacha ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2018 yilning 5 aprelida qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohaning tubdan isloh qilinishiga zamin yaratmoqda.

IMG_0857.gif

Albatta, bu kabi hujjatlarning qabul qilinishi jajji murg‘ak bolajonlar taqdiriga befarq bo‘lmagan, ularning bilimli va dunyoqarashi keng barkamol avlod bo‘lib tarbiyalanishiga o‘z hissasini qo‘shish niyatidagi sahovatli insonlarning ko‘nglidagi orzularini amalga oshishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Jizzax filiali hammazkur soha vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishini moliyalashtirishda faol ishtirok etmoqda.

IMG_0837.gif

Xususan, Jizzax viloyatining Mirzacho‘l, Do‘stlik, Arnasoy, Paxtakor, Zafarobod va Zarbdor tumanlarida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish vazifasi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga biriktirilgan. Bugungi kunda biriktirilgan 6 ta tumanlar bo‘yicha, 23 nafar loyiha tashabbuskorining 61 mlrd.so‘mga yaqin loyihalari amalga oshirilishi aniqlangan bo‘lib, loyihalarga 47 mlrd. 507 mln. so‘m miqdorda bankning imtiyozli krediti ajratilishi, 3 mlrd. 451 mln. so‘m miqdorida o‘z mablag‘lari sarflanishi rejalashtirilgan.

Shu kabi loyihalardan biri bank sarmoyasi hisobiga Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 100 o‘rinli “Mironshoh-Amirshoh” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ham qurib ishga tushirilishi natijasida 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

IMG_0852.gif

Aytish joizki, bankning imtiyozli kredit mablag‘i hisobidan Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida o‘z ish faoliyatini boshlagan uch qavatdan iborat “Mironshoh-Amirshoh” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida kichkintoylarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi turli ertak qahramonlari aks etgan bolalar maydonchasi, oshxona, yuvinish xonasi, tibbiy punkt, ayvoncha, yotoqxona, o‘yin zali, sport zali, musiqa sinfi, ish kabineti va majlislar xonasini ӯz ichiga oladi.

IMG_0834.gif

–Nabiram Ominaxon shu bog‘chaga qatnaydi, — deydi mahalla faollaridan biri Ziyoda Boyaqulova. Bugungi farzandlarimizga yaratilayotgan bunday e’tiboru-g‘amxo‘rliklar barchamizni quvontiradi. Bu yerdagi sharoitlar bolajonlarimizning sifatli boshlang‘ich bilim olishi, har tomonlama sog‘lom bo‘lib o‘sib-ulg‘ayishiga xizmat qiladi.Umuman olganda, bunday bolalar bog‘chasida tarbiyalanish nabiralarimiz uchun maroqli, - dedi Ziyoda Boyaqulova.

IMG_0855.gif

-Men tadbirkorlik faoliyatimni boshlashdan avval doim bolalar uchun bir maskan ochishni rejalashtirardim. Viloyat hokimligi tomonidan 5 000,00 kv.m. yer maydoni xususiy mulk sifatida taqdim etilgandan so‘ng, loyihamni Trastbankning Jizzax filialiga taqdim etdim. Filial tomonidan loyiham o‘rganib chiqilib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi uchun 3,1 mlrd so‘mimtiyozli kredit ajratildi, - deydi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari xususiy tadbirkor Dadajon Musaqulov.

IMG_0795.gif

Bugungi kunda Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida uch qavatdan iborat 12 ta yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lgan chiroyli va ko‘rkam bolalar bog‘chasini ishga tushirishga erishdik. Albatta, bunday yangi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilganidan Zarbdor tumani aholisi juda ham mamnun. Sababi, avvallari bunday ko‘rinishdagi bolalar bog‘chasi mavjud emas edi. Yaratilgan sharoitlardan hammaning ko‘ngli to‘ldi. Yotoqxona, yuvinish va ovqatlanish xonalari ham barcha sanitariya me’yorlariga to‘g‘ri keladi.

IMG_0815.gif

Bizning asosiy maqsadimiz va bugungi kunda ishlab chiqilgan ta’lim tizimimiz bolalarda tashkilotchilik, mustaqil fikrlash, o‘zi va atrofdagilarni hurmat qilishga asoslangan. Maqsadimiz - ta’limda zo‘r rivojlanishni ko‘rsatadigan, o‘ziga ishonadigan shaxslarni tarbiyalashdan iborat. Nodavlat maktabgacha ta’lim maskanimiz 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy, davlat talablari asosida jihozlangan.Albatta, fursatdan foydalanib, “Trastbank”dan yetarli va o‘z vaqtida ajratilgan moddiy ko‘mak uchun minnatdormiz. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, bank bilan hamkorligimizni davom etishiga umid qilamiz”, - deya so‘zini yakunladi xususiy tadbirkor Dadajon Musaqulov.

2019 yil davomida “Trastbank”ning Jizzax filiali tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 52 mlrd.so‘mlik uzoq va qisqa muddatli kreditlar ajratilgan bo‘lib,shundan “Har bir oila tadbirkor” dasturi ijrosi doirasida aholining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga jami 6 mlrd so‘mga yaqin kredit mablag‘lari ajratildi, - dedi bankning Jizzax filiali boshqaruvchisi Shuxrat Saparov.

IMG_0805.gif

Jizzax viloyat tumanlarida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va ishga tushirish maqsadida 24 mlrd 500 mln. so‘mga yaqin imtiyozli kreditlar ajratilib, buning natijasida 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shuningdek, filial miqyosida 2019 yil davomida ajratilgan jami kreditlar hisobiga 750 taga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi, - deya so‘zini yakunladi Shuxrat Saparov.

IMG_0864.gif

Aytish joizki, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z faoliyatida tadbirkor va ishbilarmonlarning yaqin tayanchiga aylanib ulgurdi. Bankning kredit mablag‘laridan samarali foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan tashabbuskor tadbirkorlarimizning muvaffaqiyatlarini kuzatib, bunga yana bir bor amin bo‘lishimiz mumkin.


Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 3043
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech