Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Islomiy darcha” xizmatini bank tizimida tadbiq etish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Yangilangan sana: 27 Avgust 2019, 14:05
“Islomiy darcha” xizmatini bank tizimida tadbiq etish bo‘yicha kelishuv imzolandi
26 Avg 2019

Joriy yilning 22 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 maydagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini amalga oshirish maqsadida, “Islomiy darcha” xizmatini bank tizimida tadbiq etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

“Trastbank” va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari o‘tgan yildan boshlangan. 2018 yilda bank hamkorlik aloqalarida sezilarli natijalarga erishdi va Bank tomonidan Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining 7 000 000 AQSh dollari hamda Xalqaro savdo va moliya Islom korporatsiyasining 4 000 000 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb qilindi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 2019 yil davomida bank tuzilmasida Islomiy bank xizmatlari samaradorligini oshirish va keng foydalanishni ta’minlash maqsadida, Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan faol hamkorlikni davom ettirmoqda. Joriy yilning iyun oyida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining Ijro etuvchi Direktori janob Ayman Amin Sedjini boshchiligidagi delegatsiyasining Toshkent shahriga tashrifi davomida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan. Ushbu uchrashuv “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Islomiy darcha” xizmatini ishga tushirilishiga turtki bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Islomiy darcha” xizmatining joriy etilishi, bank mijozlariga Islomiy tamoyillarga asoslangan chakana va korporativ bank xizmatlari va mahsulotlarini taklif etuvchi islomiy bank xizmatlaridan muvaffaqiyatli foydalanish imkonini beradi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1838
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech