“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 2021 yilning 25 martidan boshlab, milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” yangi tarif rejalari joriy etilganligini ma’lum qiladi.
Mazkur tarif rejalari "O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ savdo maydonlarida tovar va xizmatlar oldi-sotdisi, eksport va importi hamda davlat xaridlari savdolarida ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlar uchun qulay shartlar asosida bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.