Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bolajonlar uchun bayram sovg‘alari taqdim etildi

Yangilangan sana: 24 Dekabr 2019, 18:43
Bolajonlar uchun bayram sovg‘alari taqdim etildi
24 Dek 2019

Yangi yil — nafaqat bolalar, hatto kattalar ham niyatlari ijobat bo‘lishiga ishonadigan ertakmonand bayram. Lekin u ayniqsa bolajonlarga katta quvonch ulashadi. Axir bu kunda ular bolalik atalmish ertakning bosh qahramoni — Qorbobo bilan uchrashadi-da!

IMG_0246.JPG

Aynan ana shunday ertakmonand bayram kunlari arafasida bolajonlarning Yangi yil bayrami tantanalarining yanada mazmunli va qiziqarli o‘tkazilishi uchun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi ham o‘z munosib hissasini qo‘shmoqda. Har yilgi an’anaga ko‘ra, 23 dekabr kuni “Trastbank” jamoasi tomonidan Nogiron bolalar “Kamalak” uyida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari va nogiron bolalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.

IMG_0254.JPG

Tadbirda bolajonlar uchun Qorbobo va Qorqiz, sevimli ertak va multfilm qahramonlari ishtirokida teatrlashtirilgan dastur namoyish qilindi. Bolajonlar uchun ayniqsa, sevimli ertak qahramonlari bilan birgalikda bo‘lib o‘tgan Yangi yil bayrami o‘zgacha taassurotlarga boy bo‘ldi. Tadbirda yangragan jozibali kuy-qo‘shiq va raqslar, ertak qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli sahna asarlari bolalarga bir olam quvonch baxsh etdi.

IMG_0182.JPG

- “Bankimiz rahbariyati tashabbusi bilan uyushtirilgan bugungi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari va nogiron bolalarni qo‘llab-quvvatlash, nogiron kishilarga nisbatan odamlarning ongini o‘zgartirish, shuningdek jamiyatda ularning to‘liq va teng ishtirokini ta’minlash, qolaversa murg‘ak qalb sohiblari bo‘lmish bu bolajonlarga quvonch ulashishdan iborat, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Raisining birinchi o‘rinbosari Furqat Samarxodjayev.

photo_2019-12-24_04-38-22.jpg

- “Bemor bolalarga bunday g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ularga e’tibor qaratish - ulkan va xayrli ishdir”. Xususan, ijtimoiy muhtoj oilalar va nogironligi bo‘lgan kishilarga ko‘rsatilgan xayr-sahovat, mehr-oqibat, silai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi”, - deya so‘zini yakunladi Furqat Samarxodjayev.

IMG_0206.JPG

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan tadbir so‘ngida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va nogironligi bo‘lgan bolajonlarga “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari va shirinliklar jamlamasidan iborat Yangi yil sovg‘alari ulashildi. Bu sovg‘alar ayniqsa, Yangi yilni orziqib kutadigan beg‘ubor qalb egalari bo‘lmish bolajonlarga cheksiz quvonch bag‘ishladi.

IMG_0210.JPG

IMG_0259.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1020
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech