Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  24 Dekabr 2019, 15:24

Mijozga sifatli xizmat ko‘rsatish – eng oliy bahodir
24 Dec 2019

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standart”lari bo‘yicha Bank xodimlarini o‘qitish ishlari davom etmoqda.

Xususan joriy yilning 21 dekabr kunlari Bankning Namangan, Andijon va Farg‘ona filiallari xodimlari uchun Bosh bankning mas’ul xodimlari va tashqi marketing kompaniyaci bilan hamkorlikda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari”ni o‘qitish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

photo_2019-12-21_14-44-34.jpg

Mazkur standartlarni bank amaliyotiga joriy etishdan asosiy maqsad bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish hisoblanadi.

photo_2019-12-21_15-48-30.jpg

Amaliy seminar davomida Bank jamoasida xodimlarning mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, xodimlar etikasi va madaniyati, mijoz bilan telefon orqali muloqot qilish standartlari, xizmat ko‘rsatish jarayonida mijoz bilan muloqot qilish standartlari, mijozlarni dastlabki qabul qilish bo‘yicha ma’muriyat xodimi (Reception) uchun standartlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Amaliy seminar interfaol uslub va rolli o‘yinlardan foydalangan holda o‘tkazildi.

photo_2019-12-21_16-23-06.jpg

Mazkur standartlarni bank xodimlari tomonidan o‘zlashtirilib borilishi va ularga rioya etilishi albatta bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.


photo_2019-12-21_14-44-57.jpg

photo_2019-12-21_15-48-34.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 176

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
10209.86
12021.09
13362.66
137.46
11186.44
96.43
Sotib olish
10180.00
11500.00
12500.00
100.00
10500.00
70.00
Sotish
10250.00
12500.00
13500.00
160.00
11500.00
110.00
 
2.17
125.05
308.05
-4.91
98.36
0.24
MB kursi - 04.08.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 04.08.2020 09:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech