Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Otam, onam va men – barchamiz sporsmen!

Yangilangan sana: 26 Noyabr 2018, 20:35
Otam, onam va men – barchamiz sporsmen!
24 Noy 2018

Bugun 24 noyabr kuni - Oliy O‘quv yurtlari sport majmuasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon” va Yakkasaroy filiallari xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirokida “Otam, onam va men – barchamiz sporsmen!”, - shiori ostida oilaviy sport musobaqasi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi noan’anaviy spartakiada o‘yinlari o‘ziga xosligi bilan ajralib, bank xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” dasturi doirasida tashkil etildi.

Sog‘lom turmush tarzi va sport – bu “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xodimlarining eng muhim qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy ravishda o‘tkazilishi an’anaga aylangan spartakiada o‘yinlari nafaqat bank xodimlari va ularning oila a’zolari, umuman jamiyat uchun sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

“Trastbank” xodimlari o‘rtasida sport tadbirlarini uyushtirishdan asosiy maqsad, ularning sog‘lom turmush tarzini yuritishdagi majburiyatlarini shakllantirish, aynan jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash maqsadida xodimlar va ularning oila a’zolarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, eng muhimi, bank filiallari xodimlari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

Mazkur sport musobaqalarida nafaqat Bank Boshqaruvi a’zolari, balki departament direktorlari va mustaqil boshqarma boshliqlari ham o‘zlarining faol ishtiroki bilan xodimlarga namuna bo‘ldilar. Shu bilan birga, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan ommaviy musobaqalar, bankda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida faol dam olish va sport mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishlarini tobora ortishiga xizmat qildi.

Ta’kidlash joizki, bank filiallari boshqaruvchilari tomonidan o‘z jamoalarida sportni rivojlantirish, yoshlarda sportga bo‘lgan havas va intilishni oshirish, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, bank filiallarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bu kabi turli sport tadbirlarida faol ishtirok etishlari, albatta “Trastbank” obro‘sini yanada mustahkamlash va uning brendini keng tanitishga imkon yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa natijalariga ko‘ra oilaviy sport o‘yinlarining ishtirokchilari va g‘oliblari Bank rahbariyati tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 819
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech