Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Yangilangan sana: 24 Sentabr 2019, 17:20
O‘zaro hamkorlik  aloqalari mustahkamlanmoqda
24 Sen 2019

2019 yilning 16-21 sentabr kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiyasi Avstriya va Germaniya Federativ Respublikalariga rasmiy tashrif buyurib, savdoni moliyalashtirishni rivojlantirish va uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish borasidagi hamkorlik bitimi doirasida moliyalashtirish limitini oshirish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur tashrif davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni hamda 2018 yilning 20 dekabrdagi PQ-4069-sonli “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublikada eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga asoslangan holda loyihalarni va savdo amaliyotlarini moliyalashtirish, shuningdek bank mijozlariga kelgusida istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish manbalarini keng ko‘lamda ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Joriy yilning 16-17 sentabr kunlari bank delegatsiyasi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Rayffayzen Bank Interneshnl vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Bankning Markaziy Osiyo davlatlari moliya institutlari bilan munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori va moliya muassasalari rahbari ishtirok etdi.

Shuningdek, Bank Boshqaruvi Raisi boshchiligidagi delegatsiya 18-19 sentabr kunlari Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida joylashgan Commerzbank vakillari, ya’ni jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori, jamoatchilik bilan aloqalar departamenti menejeri va xorijiy bankning boshqa vakillari bilan uchrashdi.

Bank vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida tomonlar vakillik munosabatlarini kengaytirish, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, savdoni moliyalashirishni rivojlantirish va uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish, shuningdek nazorat qiluvchi tashkilotlarning qonun talablari va standartlariga rioya qilmaslik holatida nomuvofiqlik xavfi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab – boshqaruv tizimining talablariga tegishli masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdilar.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Rayffayzen Bank Interneshnl (Avstriya) va Commerzbank (Germaniya) tomonidan savdoni moliyalashtirish limitini oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 2019 yilning 16-21 sentabr kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiyasi Avstriya va Germaniya Federativ Respublikalariga rasmiy tashrif buyurib, savdoni moliyalashtirishni rivojlantirish va uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish borasidagi hamkorlik bitimi doirasida moliyalashtirish limitini oshirish masalalarini muhokama qildi. 

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 958
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech