Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aholi uchun yana bir qulaylik

Yangilangan sana: 23 Sentabr 2019, 16:21
Aholi uchun yana bir qulaylik
23 Sen 2019

Aholi uchun yana bir qulaylik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslari va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-5780-sonli Farmoni ijrosi doirasida jumladan, aholi va tadbirkorlarning ishonchini qozonish, ularga ko‘makdosh bo‘lish va chakana biznesning zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, joriy yilning 9 sentabr kuni Trastbankning Amaliyot boshqarmasi qoshida“Beshqayrag‘och” nomli mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ixcham “Bank xizmatlari markazi” o‘z faoliyatini boshlagan edi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 20 sentabridan “Beshqayrag‘och” mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatuvchi “Bank xizmatlari markazi”da pul o‘tkazmalari shaxobchasini ochdi.

Qayd etish lozimki, mazkur markazda jismoniy va yuridik shaxslarga keng turdagi bank xizmatlari ko‘rsatiladi. Xususan, mijozlar hisobraqamlar ochishi, omonat, mikroqarz va overdraft kreditlarini rasmiylashtirishlari, valyuta operatsiyalari, turli to‘lovlarniamalga oshirishlari hamda jismoniy shaxslarga “Western Union”, “Contact”, “MoneyGram”, “Yunistrim” va “Zolotaya korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, markaz 7 kun 24 soat davomida uzluksiz ishlovchi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi elektron tizimi, ya’ni bankomat va infokioska bilan jihozlangan. Mazkur bankomatlardan mijoz nafaqat naqd pul yechib olishda foydalanishi, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo‘yicha turli to‘lovlarni amalga oshirishi, kommunal to‘lovlar to‘lashi, kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirishi hamda so‘m plastik karta yordamida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan barcha turdagi bank xizmatlarini mustaqil bajarish imkoniga ega.

Pul o‘tkazmasi joylashgan manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasi, 616-uy. Telefon (0371) 247-66-23

P.S: Bugungi kunda bankning pul o‘tkazmalari shoxobchalari soni 36 tani tashkil etmoqda.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 442
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech