Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Kitob – komillikka yetaklaydi

Yangilangan sana: ...
Kitob – komillikka yetaklaydi
21 Avg 2019

Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, kelajak avlodni mutolaaga undash kabi vazifalar olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli farmoyishi bizga kitobxon xalq degan azaliy yuksak mavqeimizni nafaqat qaytarib bergani, bu boradagi intellektual salohiyatimiz va imkoniyatlarimizni tubdan oshirishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilganini ko‘rishimiz mumkin.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki O‘quv markazi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan o‘zaro hamkorlikda bank xodimlari madaniyatini rivojlantirish, ularning ma’naviy olamini yuksaltirish maqsadida bankning barcha filiallarida “Elektron kutubxona” tashkil etildi.

Mazkur “Elektron kutubxona” o‘z ichiga 200 000 dan ortiq o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, fors, arab va boshqa qator tillardagi kitoblarni qamrab olgan bo‘lib, unda o‘zbek mumtoz adabiyoti, jahon adabiyoti, zamonaviy o‘zbek va xorij adabiyot namoyondalarining asarlari hamda iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishdagi adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar va turli ma’naviy, tarixiy hujjatli filmlar o‘rin olgan.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1310
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech