Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank xizmati – mijozlar e’tirofida

Yangilangan sana: 20 Sentabr 2018, 19:04
20 Sen 2018
Mamlakatimiz bank-moliya tizimining barqaror rivojlanayotgani, mijozlarga taklif etilayotgan xizmatlar sifati va ko‘lamining ortishi hamda tijorat banklari tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati yuksalayotgani natijasida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchi tobora mustahkamlanmoqda.

Bu esa, avvalambor, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2018 yilning 23 martida qabul qilingan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasi bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashga xizmat qilayotir.

photo_2018-09-20_14-16-03 (2).jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham zamonaviy axborot texnologiyalari asosida bank xizmatlari ko‘rsatishni joriy etish, elektron tijoratni yo‘lga qo‘yish hamda elektron to‘lovlar tizimi orqali hisobkitoblar samaradorligini oshirish, jumladan innovatsion axborot texnologiyalarini keng miqyosda joriy qilish maqsadida qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Bankning “Darxon” filiali mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari sifatini oshirish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda kunning istalgan vaqtida, ya’ni haftaning 7 kuni 24 soat davomida uzluksiz ishlovchi o‘z o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi elektron tizimini yo‘lga qo‘ydi.

photo_2018-09-20_14-16-04.jpg

Albatta, mijozlarga uzluksiz masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni bankomat va infokioskalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu uskunalardan foydalanish oson va qulay bo‘lib, mijoz va kassir o‘rtasidagi an’anaviy muomalaga chek qo‘yishi, o‘ziga xos minibank-ofis vazifasini bajarishi bilan e’tiborga loyiqdir. Mazkur bankomatlardan mijoz nafaqat naqd pul echib olishda foydalanishi, balki ular orqali tovar va xizmatlar bo‘yicha turli to‘lovlarni amalga oshirish, kommunal to‘lovlar to‘lash, kredit bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish hamda so‘m plastik karta yordamida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan barcha turdagi bank xizmatlarini mustaqil bajarish imkoniyatiga ega.

- Mijozlarimizga imkon qadar yaqin bo‘lishga, ularga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratishga g‘amxo‘rlik qilamiz, - deydi bankning “Darxon” filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Baxtiyor Astanov.

photo_2018-09-20_14-16-01.jpg

Filialimiz hududida kechayu-kunduz, dam olish va bayram kunlarisiz 24 soat davomida uzluksiz ishlovchi elektron hududni tashkil etishimizdan asosiy maqsad, Xamid Olimjon mavzeida istiqomat qiluvchi aholi uchun qo‘shimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratish, qolaversa, filialimizning bu tarmog‘i orqali mijozlarga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan ularning banklarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishdan iborat.

- “Zarurat tug‘ilganda, o‘zimning plastik kartochkamdagi mablag‘ni bankdan naqd pul qilib olishimda doim muammolarga duch kelardim”, - deydi fuqaro Roxatoy Baxriddinova.

photo_2018-09-20_14-16-03.jpg

Mana endi bizning tumanimizda ham kechayu-kunduz 24 soat davomida ishlaydigan hududning tashkil etilgani albatta ish vaqti kechki soat 18.00 gacha belgilangan aholini quvontirdi. Hozir men nafaqat plastik kartamdagi pul mablag‘imni naqdlashtirdim, balki barcha turdagi kommunal to‘lovlarimni ham shu erning o‘zida amalga oshirib, o‘z vaqtimdan unumli foydalangan holda rejadagi boshqa ishlarimga ham ulgurdim.

- Men bu filialning doimiy mijoziman desam ham bo‘ladi, chunki faoliyatim chet el safarlari bilan bevosita bog‘liq, - deydi bankning yana bir mijozi Barot Rajabov. Men, telefon aloqa vositamga bankning "TrustPay" mobil ilovasini yuklab olganman. Mazkur mobil ilova orqali dunyoning qaysi bir chekkasida bo‘lsam ham chet el valyutasini konversiya qilib “Visa” kartamga tushirish imkoniyati mavjudligi men kabi tadbirkorga yaratilgan qulaylik deb bilaman.

photo_2018-09-20_14-16-00.jpg

Muxtasar qilib aytganda, bugun mazkur moliyaviy muassasada fuqarolarga malakali va sifatli xizmat ko‘rsatish ko‘lami tobora kengayib borayotgani uning moliya bozorida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega bo‘lib borayotganidan dalolat berib turibdi. Bularning barchasi avvalo, respublikamizda Yurtboshimiz rahnamoligida kuchli ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borilayotgani, iqtisodiyotning barcha jabhalarida izchil siyosat amalga oshirilayotgani va buning uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratilayotgani natijasidir.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1769
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech