Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bayram arafasida yangi pul o‘tkazish shoxobchasi ishga tushdi

Yangilangan sana: 20 Mart 2019, 15:42
Bayram arafasida yangi pul o‘tkazish shoxobchasi ishga tushdi
20 Mar 2019

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va bank iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z infratuzilmalari tarmog‘i va xizmatlari ko‘lamini bevosita kengaytirmoqda.

Xususan, 2019 yilning 20 martidan boshlab aholiga qulaylik yaratish maqsadida, Jizzax filialiga qarashli “Ko‘k bozor” mini-banki qoshida yangi pul o‘tkazish shoxobchasi o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchasida jismoniy shaxslarga “Western Union”, “Contact”, “MoneyGram”, “Yunistrim” va “Zolotaya korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali soat 9.00 dan 18.00 gacha tushlik tanaffussiz xizmat ko‘rsatiladi.

Bugungi kunda bankning pul o‘tkazmalari shoxobchalari soni 32 tani tashkil etmoqda.

“Ko‘k bozor” mini-banki qoshidagi pul o‘tkazish shoxobchasi manzili: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, N.Qo‘shoqov ko‘chasi, 104-uy. Telefon: (0362) 222-29-90

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1187
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech