Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida

Yangilangan sana: 2 Iyun 2020, 11:40
“Trastbank” aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida
20 May 2020

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (Manzil:Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy) aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini maʼlum qiladi.

Tashkiliy savollar:

1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

“Trastbank” XAB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi 
2020-yil 12-iyun soat 15:00 da

1. “Trastbank” XABning 2019-yil faoliyati yakunlari va 2020-yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish.

2. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ning 2019-yil yakunlari bo‘yicha hulosasini tasdiqlash.

3. 2019-yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:

  • moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot;

  • foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot;

  • umumiy kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot;

  • pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot;

  • 2019-yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi maʼlumot.

4. 2019-yilda olingan foydani taqsimlash.

5. Bank faoliyatining 2020-yilning 1-yarim yilligi va 2020-yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik va IT audit tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.

6. “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish.

7. Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olingan, 2019-yilda umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.

8. Bank Kengashining 2019-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv meʼyorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.

9. Bank Kengashi aʼzolarining son tarkibini tasdiqlash.

10. Bank Kengashi aʼzolarini saylash.

11. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni saylash.

12. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

13. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.

14. ““Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to‘g‘risida nizom”ni tasdiqlash.

15. Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

“Trastbank” XAB aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi 2020-yil 12-iyunda Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy, “Trastbank” XAB binosining 1 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana - 2020-yil 19-may.

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida

2020-yil 8-iyun holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bank aksiyadorlari, Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.

Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha maʼlumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: (95)198-41-09, (78)140-00-88, (71) 207-62-12.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1612
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech