Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bugungi kunning “Zamonaviy bankiri”

Yangilangan sana: 26 Iyun 2020, 18:03
Bugungi kunning “Zamonaviy bankiri”
19 Iyun 2020

Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli institutsional islohotlar doirasida moliya sektorining barqarorligini, uning global moliya tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash, bank xizmatlarining sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini, birinchi navbatda xususiy biznes va aholi uchun oshirish choralari ko‘rilmoqda.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, faoliyat samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shu bilan birga ilg‘or xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda bank filiallaridagi kadrlarni qayta tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish asosida xodimlarning bilim va malakalarini oshirish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda.


photo_2020-06-18_11-48-16.gif

Jumladan, joriy yilning 16-19 iyun kunlari bankning Namangan, Farg‘ona va Andijon filiallarida “Kadrlar salohiyatini rivojlantirishning asosiy tamoyillari bu – zamonaviy bankir” mavzusida biznes-seminar tashkil etildi. Seminarni O‘quv markazi direktori Qobiljon Jo‘rayev olib bordi.

Seminardan asosiy ko‘zlangan maqsad, kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro standartlarga va ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan tizimli yondashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli texnologiya tushunchalari, investitsion banking, loyihaviy moliyalashtirish, xatarlarni boshqarish hamda mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishdabank mutaxassislari va aholining moliyaviy savodxonligini oshirishdan iborat.

photo_2020-06-18_11-48-15.gif

Seminar pandemiya sharoitida tashkil etilganligini inobatga olib, xodimlar to‘liq karantin qoidalariga amal qilgan holda guruhlarga ajratilib tashkil etildi.

Seminarda xodimlar o‘z ish faoliyatlari doirasida duch kelgan turli masalalar, bank tizimidagi yangiliklar, mijozlar bilan o‘zaro muloqotda amalga oshirayotgan bank xizmatlari, pandemiya sharoitida talab ko‘p bo‘lgan zamonaviy bank xizmatlari haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdilar.

Shuningdek, mamlakatimizda bank tizimiga oid yangi tahrirda qabul qilinayotgan Qonunlar, farmonlar va qarorlarning mazmun-mohiyatini o‘rganib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Seminar yakuniga ko‘ra, ushbu filiallarning barcha xodimlari onlayn tarzda bank faoliyatiga tegishli bo‘lgan Qonunva qonunosti hujjatlar jamlanmasidan iborat tashkil etilgan savollar bo‘yicha test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1118
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech