Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi

Yangilangan sana: 20 Mart 2021, 21:33
Hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi
19 Mar 2021

Joriy yilning 17 mart kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va ICS Financial Systems IT-kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ma’lumki, o‘zining 27 yillik faoliyati davomida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlar uchun professional bozor xizmatlarini mahalliy bozorda taqdim etish orqali muhim yutuqlarga erishdi va jahon banklari bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda.

Screenshot_3.jpg

Bankning xalqaro miqyosdagi birinchi va asosiy sheriklaridan biri - Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) hisoblanadi.

Trastbank 2018 yildan boshlab Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan hamda shu davrga qadar Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va Halqaro savdo moliya korporatsiyalarining umumiy qiymati 19 mln.AQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirish mablag‘larini jalb qilgan.

Screenshot_5.jpg

O‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining aksariyati islomiy moliya xizmatlaridan foydalanishni afzal biladi. Mazkur omillarni hisobga olgan holda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 2019 yilda “Islomiy darcha” faoliyati orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi hamda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, bilim va tajriba almashishni yanada yuksak bosqichga ko‘tardi.

Xususan, dunyoning eng yaxshi IT-kompaniyalari qatoridan o‘rin olgan, islom moliya institutlari uchun biznes va texnologik yechimlarning yetakchi provayderi hisoblangan ICS Financial Systems kompaniyasi va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasining imzolanishi “Islomiy darcha” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Screenshot_6.jpg

Ishonamizki, bizning hamkorlikda amalga oshirayotgan mazkur ishlarimiz islomiy moliyaviy xizmatlar mavqeini yanada oshirishda o‘z samarasini beradi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 770
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech