Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish uslublari

Yangilangan sana: 24 Mart 2021, 17:46
Jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish uslublari
24 Mar 2021

Joriy yilning 18 mart kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Xalqaro toifadagi biznes-konsultant Valentina Grigoreva tomonidan departament direktorlari va mustaqil boshqarma boshliqlarining kommunikatsion ko‘nikmalarini oshirish, ularda jamoa bilan ishlash va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda o‘zaro fikr almashish imkoniyatini yaratishga bag‘ishganlan amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, hozirgi davrga kelib har bir bank innovatsion rivojlanish yo‘lida o‘z mijozlariga qulaylik yaratish bilan birga, turli xildagi yangi bank mahsulotlarini taklif etmoqda. Bankning rivojlanish strategiyasida aks etgan yagona maqsadlarga erishishda rahbar xodimlarning mahorati, ularning yetakchilik jihatlari, jamoani birlashtira olish qobiliyati yuqori ahamiyat kasb etadi.

Innovatsion rivojlangan banklar qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki ham o‘z rahbar xodimlarining ishonchli rahbar bo‘lishiga, ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligiga, jamoada ishlash uslubining yuqori bo‘lishini talab etish uchun avvalo o‘z ustida ishlashi zarurligi, xodimlarni boshqarish, ularni doimiy rag‘batlantirish, o‘zaro vazifalarni taqsimlashda halollikka intilish va jamoa bilan ishlash kabi ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Trening davomida barcha rahbar xodimlardagi yetakchilik qobiliyatlari, ulardagi ishga bo‘lgan shijoatlari berilayotgan savollarda o‘z aksini topdi hamda ular tomonidan berilgan savollarga biznes-konsultant Valentina Grigoreva batafsil javob berdi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1033
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech