Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbankda xalqaro standartlar bo‘yicha xodimlarning bilim va malakalarini oshirish yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 21 Yanvar 2021, 12:57
Trastbankda xalqaro standartlar bo‘yicha xodimlarning bilim va malakalarini oshirish yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
21 Yan 2021

Joriy yilning 19 yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining O‘quv markazi va Ichki nazorat departamenti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo guruhi (YeAG) tomonidan o‘tkaziladigan o‘zaro baholash jarayonlari” mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi.

IMG_8951.JPG

Seminarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi rahbar xodimlari, Amaliyot boshqarmasi va bankning barcha filiallari Ichki nazorat bo‘limlari mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Sh.Xamidov, O.Tursunov, M.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit tashkilotlarida moliyaviy monitoringni muvofiqlashtirish va valyuta nazorati departamenti mutaxassisi A.Sadiyevlar ishtirok etdi.

IMG_8972.JPG

Amaliy seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan «Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari»ga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

IMG_8956.JPG

Shu bilan birga, joriy yil O‘zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi (YeAG) tomonidan o‘tkaziladigan o‘zaro baholash jarayonlariga ko‘rilayotgan tayyorgarliklarga oid masalalar muhokama etildi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 471
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech