Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

"Trastbank" xususiy aksiyadorlik bankida "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 19 Oktabr 2019, 10:40
"Trastbank" xususiy aksiyadorlik bankida "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
18 Okt 2019

Milliy til – bu hech bir xalq tasavvur qila olmaydigan voqea. Albatta, til muloqot vositasi hisoblanib, uning o‘ziga xosligidan dalolat beradi. O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli bo‘lib, bebaho ma’naviy boylik va millat salohiyatini belgilovchi buyuk qadriyat hisoblanadi.

1989 yilning 21 oktabrida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi, bu mustaqillikka erishish yo‘lida hal qiluvchi qadam bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq milliy merosni, shu jumladan tilni asrab-avaylashga katta e’tibor berilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat tilini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, uning jamiyat hayotidagi roli va ta’sirini kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

IMG_8971.jpg

Jumladan, joriy yilning 18 oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh Binosida Bank O‘quv markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida bank xodimlari uchun davra suhbati hamda “O‘zdavkitobsavdota’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kitoblar ko‘rgazma-savdosi tashkil etildi.

Davra suhbatida Shayxontohur tumani ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Elyor Jo‘rayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi – shoir, nazmiy hamda adabiy-tanqidiy to‘plamlar muallifi Ulug‘bek Hamdam, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisi va Toshkent shahrida joylashgan filiallari xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

IMG_8998.JPG

O‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri hisoblanadi. Uning sofligiyu, purma’noligiga va go‘zalligiga albatta har birimiz o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim. Xalqimizning o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati va ijodkorlik qudrati tilga bo‘lgan yondashuvda namoyon bo‘ladi. Hazrat Navoiyning “Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz” degan hikmati necha asrlar o‘tsa hamki o‘zining mohiyatini yo‘qotmagan. Milliyligimizning asosi sanalmish ona tilimizga – “Davlat tili” maqomi berilganligi tom ma’nodagi jasorat va istiqlol sari qo‘yilgan ilk qadam sifatida ulkan ahamiyatga ega.

Davra suhbati davomida yozuvchi Ulug‘bek Hamdam tilimizning rivojlanishi va shakllanishi, til asoslarini mustahkamlash, ona tilining betakror jozibasi hamda dunyo miqiyosida tutgan o‘rni haqida ma’ruza qildi.

Ulug‘bek Hamdam turkiy tillar guruhining istalgan tilida yozilgan asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi. Ulug‘bek Hamdam o‘z asarlarida va she’riy obrazlarida turli insonlar taqdirini tasvirlaydi. Uning 2004 yilda nashr etilgan “Isyon va itoat” romani zamonaviy o‘zbek adabiyoti uchun yangilik bo‘ldi.

IMG_8991.JPG

- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 30 yil to‘ldi. Davlatimiz Rahbari tomonidan ushbu bayramni keng nishonlash haqidagi qarorining imzolanishi biz yozuvchi va adabiyotshunoslar uchun to‘ydek qabul qilindi, - deydi yozuvchi Ulug‘bek Hamdam.

Chunki har bir millatning o‘zagi – uning ruhiy pasporti bo‘lgan tili bilan belgilanadi. Til yo‘q bo‘lsa – millat ham bo‘lmaydi. Shu ma’noda respublikamizning har bir tashkilotida, oliy o‘quv yurtlarida va eng muhimi ko‘ngillarda til bayrami davom etmoqda. Bu to‘yimiz ko‘ngillarda bardavom bo‘lishi lozim. Dunyoda minglab tillar, minglab elatlar bor. Bugungi globallashuv va madaniyatlar integratsiyalashuvi jarayonlari jadal kechayotgan bir davrda tilni, madaniyatni va o‘zlikni saqlab qolish ancha qiyin kechadi. Agar biz o‘z tilimizga ega chiqmasak, madaniyatimizga va qiyofamizga sohib chiqmasak globallashuv davrida qiyofamizni yo‘qotishimiz mumkin.

IMG_9036.JPG

Fursatdan foydalanib, bugungi til bayrami respublikamizda doim bo‘lishini, ming yillardan keyin ham til bayramlari davom etishini tilayman. Toki, biz o‘zbek millati o‘z qiyofamizga hamisha ega bo‘lgan millat sifatida yashashda davom etaylik. Ilgari til bayramlari adabiyot sohasiga taalluqli tashkilotlarda o‘tkazilgan, bugun hatto bank sohasida ham til bayrami keng nishonlanmoqda. Demak, bu mamlakatimizning har bir sohasini til bayrami qamrab olayotganidan dalolat beradi. Til nafaqat adabiyotchilarning, yozuvchi va shoirlarning ishi, balki sohasidan qat’iy nazar butun O‘zbekiston xalqining ishi bo‘lganligini bugungi tadbir yana bir karra o‘z tasdig‘ini berayapti, - deya so‘zini yakunladi Ulug‘bek Hamdam.

Shuningdek, davra suhbati davomida ishtirokchilarga mustaqillik yillarida o‘nlab lug‘atlar qatori o‘zbek tilida mumtoz adabiy asarlari nashr etilgani aytib o‘tildi. Ushbu bosqichning muhim natijasi “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobining nashr etilishi bo‘ldi.

IMG_8961.JPG

Tadbir davomida bank xodimlari va yozuvchi Ulug‘bek Hamdam bilan o‘zaro savol-javoblar tashkil etildi. Davra suhbati bilan cheklanmagan bank rahbariyati, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy hayotini yanada boyitish maqsadida tashkil etgan kitob ko‘rgazma yarmarkasida Bank xodimlari o‘zbek va jahon adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan taniqli adiblarning asarlarini mutolaa qilish va sevimli kitoblarini harid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1086
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech