Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosidir

Yangilangan sana: 18 Sentabr 2019, 17:26
Sog‘lom turmush tarzi – farovon hayot asosidir
18 Sen 2019

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasining muhim qadriyatlaridan biri bu jamoada sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Jamoadagi ma’naviy muhitni yanada yaxshilash va jamoaviy ruhni qo‘llab-quvvatlash maqsadida,“Trastbank” tizimida “Spartakiada” o‘yinlarini o‘tkazish har yilgi an’anaga aylangan. Turli sport turlari bo‘yicha doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan sport musobaqalari nafaqat bank xodimlari uchun umuman jamiyat uchun ham sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

IMG_2212.jpg

IMG_4001.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Ikkinchi tashabbus asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga asosan yoshlarni jismonan chiniqtirish va ularni sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlar maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi tоmonidan “Spartakiada – 2019” sport musobaqalari o‘tkazildi.

IMG_3258.jpg

IMG_3056.jpg

“Trastbank” xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport tadbirlarining maqsadi – ko‘proq “ofis” xodimlarini turli sport o‘yinlariga jalb qilish va sog‘lom turmush tarziga sodiqlikni shakllantirishdir. Bu o‘rinda alohida qayd etish lozimki, sport musobaqalarida nafaqat xodimlar, balki bank rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ham bu borada yaxshi o‘rnak ko‘rsatishdi.

IMG_2156.jpg

DSCN7510.jpg

Shunday qilib, 14-15 sentabr kunlari sportning shaxmat, mini-futbol, basketbol va voleybol (erkaklar va ayollar o‘rtasida) turlari bo‘yicha o‘tkazilgan saralash o‘yinlarida Bosh ofis va filial xodimlarining samimiy ishtiroklari, bank xodimlarining ochiq havoda o‘tkaziladigan musobaqalarga bo‘lgan qiziqishini tobora kuchayib borayotganligidan dalolat beradi. 28 sentabr kuni spartakiada musobaqalarining final o‘yinlari bo‘lib o‘tishi va g‘oliblarni aniqlash rejalashtirilgan.

DSCN7504.jpg

DSCN7508.jpg

Sport tadbirlarida bankning barcha filiallari xodimlari faol ishtirok etdilar, bu esa bankning obro‘sini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Saralash bosqichida har bir filial rahbari o‘z jamoalarida sportni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratgani xodimlarning shijoatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Spartakiada o‘yinlarining o‘tkazilishi – bank xodimlarining jismoniy mukammallikka intilishini tasdiqlaydi.

IMG_2740.jpg

IMG_2077.jpg

DSCN7513.jpg

IMG_2069.jpg

IMG_2077.jpg

IMG_2121.jpg

IMG_2177.jpg

IMG_2191.jpg

IMG_2201.jpg

IMG_2253.jpg

IMG_2665.jpg

IMG_2806.jpg

IMG_2891.jpg

IMG_2925.jpg

IMG_2933.jpg

IMG_3002.jpg

IMG_3104.jpg

IMG_4217.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2056
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech