Joriy yilning 22-28 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “O‘zingni va pullaringni asra” shiori ostida bolalar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish uchun mo‘ljallangan “Umumjahon pul haftaligi” (Global Money Week - 2021) bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan maktablarda tashkil etiladi. Mazkur loyiha doirasida ta’lim muassasalarida ochiq darslar, mahorat darslari, xayriya festivali hamda “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi dars” sovrinli tanlovlari tashkil etiladi.
Raqamli moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lish, uning taqdim etayotgan barcha imkoniyatlari va afzalliklaridan foydalanish uchun biz bir necha yil avvalgidan ko‘ra ko‘proq bilim, ko‘nikma va qobiliyatlarga muhtojmiz. Shu sababli yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida, yoshlardan aholini raqamli moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan videoroliklarini kutib qolamiz.
Qobiliyatingizni namoyish qilish imkoniyati keldi. Sizda yaxshi g‘oya bormi? Marhamat bizga @trustbankhelp_bot orqali jo‘natishingiz mumkin. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.