Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Toshkent moliya institutida «Karera kuni» bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 19 Fevral 2021, 13:04
Toshkent moliya institutida «Karera kuni» bo‘lib o‘tdi
18 Fev 2021

Joriy yilning 18 fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Toshkent moliya institutida talabalar, bitiruvchilar va ish beruvchilarni birlashtiruvchi “Karera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yosh bitiruvchi mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularga mehnat bozoridagi vaziyat haqida ma’lumotlar berish va kasbga yo‘naltirish samaradorligini oshirishdan iborat.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, respublika tijorat banklari, shuningdek, mulkchilikning turli shakllaridagi 200 dan ortiq sug‘urta va lizing kompaniyalari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

IMG_0209.jpg

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari ochib, bitiruvchi yoshlarni ishga jalb etish, ularni ish bilan ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari hamda Respublika Markaziy banki tizimiga ishga qabul qilish jarayonida ularning kasbiy bilimlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, bank tizimi uchun zamonaviy ehtiyojlarga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishda tijorat banklari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik aloqalari alohida o‘ringa ega ekanligini qayd etdilar.

Tadbir davomida tijorat banklari vakillari, bakalavriat va magistraturaning bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida ishga joylashish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha muloqotlar olib borildi. Hozirgi kunda Toshkent moliya institutida bakalavriat bosqichida 15 ta ta’lim yo‘nalishi hamda 10 dan ortiq magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

IMG_0267.jpg

Qayd etilishicha, 2020-2021 o‘quv yilida institutini tamomlayotgan 1450 nafar bitiruvchi bo‘lib, shundan bakalavriat bosqichida 750 dan ortiq va magistratura bosqichida 700 nafarni tashkil qiladi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 729
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech