Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hurmatli mijozlar!!!

Yangilangan sana: 17 Iyul 2019, 17:36
Hurmatli mijozlar!!!
17 Iyul 2019

Korporativ mijozlarga (yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar) zamonaviy interfaol xizmatlarni (internet bank va mobil bank) ko‘rsatishda yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 20 iyulidan boshlab haftaning har shanba kunlari soat 17:00 gacha “Trastbank” tizimidagi filiallararo va filial ichidagi internet va mobil bank orqali o‘tkaziladigan elektron to‘lovlarni amalga oshirish joriy etilmoqda.

Endilikda, elektron to‘lov topshiriqnoma bankka yuborilgandan so‘ng avtomatik ravishda ijrosi ta’minlanadi.

Shu munosabat bilan,Sizdan elektron to‘lov hujjatlarini internet va mobil bank orqali amalga oshirish jarayonida “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 2008 yil 11 iyul) yo‘riqnoma talablariga amal qilishingizni so‘raymiz, xususan :

-30 band “...Elektron hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ularning biror ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.”;

- 73 band “...Mijoz bankda ochgan hisobvaraqdagi mavjud pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etadi. Mijozning topshirig‘iga binoan bank hisobvarag‘i bo‘yicha bajarilgan barcha operatsiyalarning qonuniyligiga mijozning o‘zi javobgar hisoblanadi.”.

Yuqoridagilarga asosan, interaktiv xizmatlar orqali o‘tkaziladigan elektron hujjatlarni o‘chirish, o‘zgartirish va boshqa xarakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli elektron to‘lov hujjatlarini interfaol xizmatlar orqali rasmiylashtirishda alohida e’tibor bilan (xavfsizlik jihatdan ham) amalga oshirishingizni so‘raymiz.

“Trastbank” bilan hamkorligingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Manba: Bank Ma’muriyati / Ko'rishlar: 697
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech