Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
16 Aug 2019

Joriy yilning 15 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Andijon filialida Bank Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, eksportyor korxonalar rahbarlari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Dastlab Bank Boshqaruvi Raisi eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini bank tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning mexanizmlari, eksportni tashkil qilish va ilgari surish, eksportoldi kreditlar, shu jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan kreditlar bo‘yicha bank tomonidan joriy etilgan yangi bank xizmat turlari haqidagi fikrlarini bildirdi. Xususan, davlatimiz rahbarining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘layotganligi qayd etildi.

photo_2019-08-16_09-42-51.jpg

Muloqot chog‘ida Boshqaruv Raisi tadbirkorlar diqqatini davlatimiz rahbari rahnamoligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarning eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani hamda viloyatda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish borasida bank tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar, qolaversa sohada uchrayotgan boshqa dolzarb masalalarga qaratdi.

- Davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar jarayonida mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalar eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda, - deydi bankning Andijon filiali boshqaruvchisi Mashhurbek Madaminjonov.

photo_2019-08-16_09-56-07.jpg

Bugungi “Trastbank” Boshqaruvi Raisi tomonidan "Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash" maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqot shaklidagi sayyor qabul jarayonida har bir eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorga bank xizmatlari va yaratilayotgan qulayliklar borasida batafsil ma’lumotlar berilib, har bir tadbirkor o‘zini qiziqtirgan savollariga bevosita javob olishga muvaffaq bo‘ldi.

Raqamlarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, “Trastbank” Andijon filiali tomonidan joriy yilning 1 avgust holatiga bank mijozlari tomonidan jami 1 mlrd. 592 mln. 201 ming AQSh dollari miqdorida eksport tushumi amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o‘sgan.

photo_2019-08-16_09-58-23.jpg

Shuningdek, filial tomonidan jami 10 mlrd. 57 mln. so‘m miqdorida ajratilgan kreditlar hisobiga, viloyatda qo‘shimcha 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, - deya so‘zini yakunladi Mashhurbek Madaminjonov.

Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlar bank sohasida mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar, bank tariflari, bank kreditlaridagi imtiyozlar kabi masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga bevosita bank rahbariyatidan batafsil javoblar olib, kelgusida tadbiq qilinishi rejalashtirilayotgan innovatsion loyihalar haqida ham ma’lumotga ega bo‘ldilar.

photo_2019-08-16_09-42-03.jpg

Ayrim muammoli masalalarni esa shu yerning o‘zida hal qilindi.

Ma’lumot o‘rnida: Bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, bu kabi ochiq muloqotlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 150

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9510.99
10476.36
12300.56
147.79
9512.89
86.85
Sotib olish
9500.00
10100.00
11800.00
100.00
9100.00
70.00
Sotish
9550.00
10600.00
12400.00
160.00
9700.00
100.00
 
16.31
11.32
118.89
-0.95
-8.45
-0.55
03.12.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech