Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Islom moliyasi, bankchiligi va uning tamoyillari” mavzusida xodimlar malakasi oshirilmoqda

Yangilangan sana: 18 Yanvar 2021, 13:56
“Islom moliyasi, bankchiligi va uning tamoyillari” mavzusida xodimlar malakasi oshirilmoqda
18 Yan 2021

Joriy yilning 14 yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Islom moliyasi, bankchiligi va uning tamoyillari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Bankning Bank xizmatlari iste’molchilari huquqini himoya qilish departamenti xodimlari, Toshkent shahrida joylashgan filiallarning bank xizmatlari iste’molchilari huquqini himoya qilish bo‘limi mutaxassislari, bankning resepshn va Call-markaz xodimlari ishtirok etdi.

IMG_8896.jpg

Bankning islomiy moliyalashtirish uslublarini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha mutaxassisi Muhammadfayoz Ibodov ishtirokchilarga islom moliyasi tushunchasi, uning manbalari va islom bankchiligi mahsulotlari: murobaha, ijara, mudoraba, mushokara to‘g‘risidagi tushunchalar hamda islom moliyasini asosiy shar’iy qoidalari va ta’qiqlari haqida batafsil tushuncha berdi.

IMG_8890.jpg

Mazkur seminarning qayta tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad, Trastbank tizimida “Islomiy darcha” xizmatining amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan bank mijozlari tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarga batafsil ma’lumot taqdim etishdan iborat.

Vebinarning yakunlovchi qismi savol-javob tarzida tashkil etilib, unda mavzu bo‘yicha xodimlar bank mijozlari tomonidan kelib tushgan savollarga batafsil javob oldilar.

IMG_8898.jpg


Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1225
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech