Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  23 Yanvar 2020, 18:30

14 Jan 2020

Ijtimoiy tarmoqlarda (Feysbukning – Oltin vodiy, Ferganskaya dolina va Portal samorazvitiya sahifalarida) Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro G‘ayrat Obidjonovning 3 oy davomida “Trastbank”ning Farg‘ona filiali tomonidan xorijiy valyutada kredit olish borasida qoldirgan salbiy fikr-mulohazalari yuzasidan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Axborot xizmati rasmiy bayonot beradi.

“NANO FRICTION KOREA” qo‘shma korxona shaklidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatining O‘zbekiston tomonidan ta’sischisiG‘ayrat Obidjonovavtotransport vositalariga ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish g‘oyasi borligini Trastbankning Farg‘ona filiali mutaxassislariga og‘zaki ma’lum qilib, mazkur STARTAP-loyihani amalga oshirish uchun AQSh dollarida kredit mablag‘lari talab etilishi haqida gapirib o‘tgan. Biroq, ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarni taqdim etgan holda bank filialiga ariza bilan murojaat qilmagan.

Mijozga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh ofis va Farg‘ona filiali mutaxassislari ishtirokida 2019 yilning 5 dekabr kuni uchrashuv o‘tkazilib, uchrashuvdaloyihaning to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash maqsadida sotib olinadigan dastgohlarning ishlab chiqarish quvvati, xorijdan va O‘zbekiston Respublikasi ichida sotib olinuvchi xom ashyolar, mahalliylashtirish darajasi bo‘yicha reja, mahalliy/import qilinadigan xom ashyoni sotib olish uchun mablag‘lar manbaalari,loyihaga jalb qilinuvchi ish kuchi soni, sotib olinadigan liniyaning texnik tavsifi, foydalanish muddati, uzluksiz ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo ta’minoti, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi shaxsiy harakatlar, loyihaning umumiy qiymati, aylanma mablag‘ning mavjudligi, mahsulot turlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar yoritilgan TIA (texnik iqtisodiy asos-biznes reja) ishlab chiqilmaganligi ma’lum bo‘lgan. Bank xodimlari tomonidan yuqoridagi keltirilgan masalalar yuzasidan loyiha tashabbuskoriga konsultativ maslahatlar berilgan.

2019 yilning 28 dekabr kuni G‘ayrat Obidjonov hamda “Finechem Co.LTD” (Koreya) kompaniyasining ta’sischisi Bankning Farg‘ona filialiga tashrifi chog‘ida“Farg‘ona Uy Qurilish” MChJning rahbari G‘ayrat Obidjonov tomonidan ushbu olinishi rejalashtirilayotgan kredit mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston tarafdan ulushni ko‘paytirish rejasi borligi og‘zaki ma’lum qilingan. Biroq,bank kredit siyosatiga asosan kredit mablag‘lari ustav jamg‘armasini shakllantirish uchun ajratilmasligi Bank filiali xodimlari tomonidan tushuntirilgach, G‘ayrat Obidjonov tomonidan “Farg‘ona Uy Qurilish” MChJga tegishli bino inshootlarni ustav jamg‘armasiga qo‘yishi mumkinligi og‘zaki tarzda aytib o‘tilgan. Shuningdek,uchrashuv chog‘ida G‘ayrat Obidjonov hamda “Finechem Co.LTD” (Koreya) kompaniyasining vakili o‘rtasida aylanma mablag‘lar qaysi tarafdan amalga oshirilishi bo‘yicha savollar to‘liq hal etilmaganligi ma’lum bo‘lgan va hamkorlar yuqoridagi masala, loyiha va boshqa masalalar o‘zaro to‘liq o‘rganib chiqilishi bo‘yicha kelishib olishgan.

Biroq, bugungi kunga qadarmijoz kredit olish uchun zarur hujjatlarni Bankning Farg‘ona filialiga taqdim etmagan. Shularni inobatga olgan holda fuqaroningijtimoiy tarmoqlar orqali bildirgan tanqidlari o‘z tasdig‘ini topmagan.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Axborot xizmati barcha ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar bilan doimo shaffoflikda hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi hamda ulardan axborotlarni tarqatishda yanada mas’uliyatli bo‘lishni so‘raydi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Axborot xizmati telefonlari: 71 2076243

Telegram teskari aloqa xizmati: @trustbankuzbot

P.S:Loyiha bank mijozlariga tegishliligi sababli loyiha bo‘yicha barcha ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 32

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9547.05
10585.77
12418.80
155.06
9862.65
86.68
Sotib olish
9520.00
10400.00
12300.00
130.00
9700.00
70.00
Sotish
9560.00
10700.00
12600.00
170.00
9950.00
100.00
 
-3.71
-34.68
-53.54
-1.53
39.80
-0.57
MB kursi - 21.01.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 22.01.2020 15:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech