Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Malaka oshirish – bu bilim va ko‘nikmalarni yangilashdir

Yangilangan sana: 17 Yanvar 2020, 13:09
Malaka oshirish – bu bilim va ko‘nikmalarni yangilashdir
14 Yan 2020

Bugungi kunda mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (IDAK)ni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, joriy yilning 10-11 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bir guruh mutaxassislari ishtirokida “Yagona milliy mehnat tizimi”ga o‘tishda idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanish ko‘nikmalarini joriy etish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

IMG_0513.JPG

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat standartlari va mehnatga haq to‘lash boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Navotnыy, Yagona milliy mehnat tizimiga o‘tishda idoralararo dasturiy-apparat kompleksi direksiyasi direktori Xusan Yarkulov, “Fido-Biznes” biznes agentligi mutaxassisi Jamshid Qambarov, Trastbankning Bosh ofisi, barcha filiallari xodimlar bilan ishlash va yuridik xizmat bo‘limlari mutaxassislari ishtirok etdi.

IMG_0498.JPG

Xususan, seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bir guruh mutaxassislari tomonidan raqamli iqtisodiyotning imkoniyatlari, ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va buning natijasida respublikada qog‘oz sarflanish harajatlarining ham oldi olinishiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

- Mazkur qarorning qabul qilinishi albatta, ko‘pgina ijobiy natijalarni berdi. Endilikda joriy yilning 1 yanvaridan ish beruvchi hamda xodim o‘rtasida tuziladigan shartnomalar va mehnat daftarchasi elektron shaklda olib borilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur tizimning qay tarzda yuritilishini o‘rgatish maqsadida respublikamiz bo‘ylab xodimlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislariga tushuntirish ishlarini amalga oshirayapmiz, - deydi Yagona milliy mehnat tizimiga o‘tishda idoralararo dasturiy-apparat kompleksi direksiyasi direktori Xusan Yarkulov.

IMG_0530.JPG

Bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman, ushbu tizimning ishga tushirilishidagi boshlang‘ich bosqichida albatta qiyinchiliklar mavjud, chunki har bir xodimning o‘zi va mehnat faoliyati haqidagi batafsil ma’lumotlarni bazaga kiritish zarur. Buning yaxshi bir tomoni bir marotaba xodim haqida kiritilgan ma’lumotlarni yana qayta-qayta kiritishga zarurat tug‘ilmaydi va ushbu ma’lumotlarni bazadan avtomatik tarzda topish mumkin bo‘ladi, - deya so‘zini yakunladi Xusan Yarkulov.

Bugun Bosh ofis Xodimlar bilan ishlash departamenti tomonidan xodimlar bilan ishlash va yuridik xizmat boshqarmalari mutaxassislariga “Yagona milliy mehnat tizimi” joriy etilishi munosabati bilan uyushtirilgan seminarda biz juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldik, - dedi Trastbank xususiy aksiyadorlik banki Amaliyot boshqarmasi Xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘iRa’no Qodirxonova.

IMG_0567.JPG

Albatta, bu biz uchun yangi tizim hisoblanadi. Bu tizimning asosiy maqsad va vazifalari, uning afzallik tomonlari haqida vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvargacha amalda ishlayotgan xodimlar bo‘yicha tuzilgan mehnat shartnomalari 2020 yilning 1 sentabrigacha bo‘lgan muddatdan kechiktirmasdan dasturga to‘liq kiritilishi shartligi qayd etib o‘tildi. Mazkur seminar davomida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlarni joylashtirish tartiblari haqida tushunchalarga ega bo‘ldik.

Seminarning yana bir afzalligi shunda bo‘ldiki, hozirgi Mehnat kodeksining loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgani, kiritilgan yangi moddalarga alohida to‘xtalib o‘tildi, bizni eng quvontirgani bu murabbiylik, ularga haq to‘lash va stajirovka o‘tash masalalari ham Kodeks o‘z aksini topibdi. Bu jarayonlarda ishlab chiqarish shartnomalari ishlab chiqilib, stajirovka o‘tayotgan talaba-xodimlarga stipendiya to‘lanish masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi. Albatta, bu kabi seminarlar tashkil etilishi davomiy bo‘lsa, bizda ish faoliyatimizga zarur bo‘lganbarcha yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyati ham yaratilardi, - deya o‘z so‘zini yakunladi Ra’no Qodirxonova.

Trastbank tomonidan tashkil etilgan seminar davomida ishtirokchilar barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarig a javob olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1129
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech