Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlariga xabarnoma

Yangilangan sana: 14 Sentabr 2018, 11:27
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlariga xabarnoma
14 Sen 2018

Bank kapitalini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi 3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2018 yil 7 iyunda bo‘lib o‘tgan Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida bank ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar chiqarish va ularni joylashtirish orqali oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bank Kengashi tomonidan 60 000 000 (oltmish million) dona, har birining nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan jami 60 000 000 000 (oltmish milliard) so‘mlik oddiy aksiyalarning qo‘shimcha 23 – emissiya chiqariluvi to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasiga (2014 yil 6 maydagi 370-sonli) muvofiq, shuningdek aksiyalarni chiqarish (qo‘shimcha chiqarish) to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, bank aksiyadorlari ular egalik qiladigan ushbu turdagi aksiyalar soniga mutanosib ravishda teng shartlarda, Bank Ustavida belgilangan tartibda qo‘shimcha aksiyalarni sotib olish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasiga (2014 yil 6 maydagi 370-sonli) muvofiq aksiyalar bozor qiymatida joylashtiriladi.

Bankning oddiy aksiyalarini sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquqga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati aksiyalar chiqariluvi to‘g‘risida qaror qabul qilingan sana 2018 yil 15 avgust holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reestri ma’lumotlariga asosan tuziladi.

Aksiyador “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisiga aksiyalarni sotib olish uchun aksiyadorning ismi-sharifi (nomi) va yashash manzili (joylashgan eri), sotib olinadigan qimmatli qog‘ozlar soni va to‘lov hujjatlarini ilova qilgan holda yozma ravishda ariza berish orqali, o‘zining imtiyozli huquqidan to‘liq yoki qisman foydalanish huquqiga ega. Ariza Bankka 30 kun davomida 2018 yil 13 sentabrdan 2018 yil 12 oktabrgacha taqdim etilishi lozim.

Bank aksiyalarini sotib olish bo‘yicha hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va aksiyalarni chiqarish (qo‘shimcha chiqarish) to‘g‘risidagi qarorga asosan, arizalar kelib tushishiga qarab rasmiylashtirilib boriladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 834
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech