Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Seminar doirasida shoira bilan uchrashuv

Yangilangan sana: 13 Avgust 2019, 14:48
Seminar doirasida shoira bilan uchrashuv
13 Avg 2019

Joriy yilning 8-9 avgust kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Namangan, Andijon va Farg‘ona filiallarida bankning O‘quv markazi, Chakana bank xizmatlari departamenti va Kassa amaliyotlari boshqarmasi hamkorligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini joylarda faoliyat yuritayotgan har bir xodimga yetkazish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida xodimlarga bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda bilimli va zamonaviy bankir madaniyatining ustunliklariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

photo_2019-08-12_10-37-26.jpg

Shu bilan birga, joylarda chakana bank xizmatlari bozorini rivojlantirish va mijozlar bilan doimiy hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda zamonaviy yondoshuv asosida amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Ayniqsa, hududlarda tashkil etilgan seminarlar doirasida xalqimizning sevimli shoirasi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, qolaversa 22 yil davomida Muhriddin Holiqov, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, Ozoda Nursaidova, Gulsanam Mamazoitova va yana o‘nlab san’at yulduzlarining eng diltortar taronalariyu, mashhur qo‘shiqlari matni muallifi bo‘lgan Rislig‘oy Hotamovaning ishtirok etganligi seminar qatnashchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

photo_2019-08-12_17-48-49.jpg

O‘ta kamtarin bu shoira hatto yulduzlarning konsert dasturlarida ham nomi aytilib, sahnaga taklif qilingan vaqtlarda doimo sahna ortida qolishni ma’qul ko‘radi. Rislig‘oy Hotamova bank xodimlariga eng avvalo so‘z san’atining mohir ustalari bo‘lishlari lozimligini qayd etish bilan birga, maqomchilik san’atining boy tarixi haqida ham so‘zlab berdi.

Shuningdek, shoira Rislig‘oy Hotamova seminar ishtirokchilariga o‘z qalamiga mansub she’rlaridan ikki misradan o‘qib eshittirdi.

Bolam mendan baxtli bo‘lsin, deydi bu el,
Men ko‘rmagan kunni ko‘rsin, deydi bu el,
Kuysa faqat bolam deya, kuydi bu el,
Ilinadi har narsaning sarasini,
Qadrin ko‘ring O‘zbekiston bolasini.

Boylikka ishonma, omonatdir u,
Baxt qushin kutmagin hikoyatdir u.
Chinakam davlatu obro‘ istasang,
Sabr-u, mehnat, toqat, qanoatdir u.

Seminar so‘ngida shoira Rislig‘oy Hotamova ishtirokchilarning barcha savollariga javob berish bilan birga, mazkur uchrashuvni tashkil etgan bank rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 574
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech