Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Karera kuni»: oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun yaratilayotgan qulayliklar

Yangilangan sana: 17 Mart 2020, 14:53
«Karera kuni»: oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun yaratilayotgan qulayliklar
14 Mar 2020

Joriy yilning 14 mart kuni «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbirida qatnashdi.

IMG_3408.JPG

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat qo‘mitalari, Bosh prokuratura, Markaziy bank, tijorat banklari, shuningdek, mulkchilikning turli shakllaridagi 200 dan ortiq kompaniyalar, firmalar rahbarlari va mutaxassislari shuningdek, Britaniya kengashining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi vakillari hamda qo‘shma korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

IMG_3399.JPG

Tadbirning ochilish qismida so‘zga chiqqanlar ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, bank tizimi uchun zamonaviy ehtiyojlarga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishda tijorat banklari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik aloqalari alohida o‘ringa ega ekanligini qayd etdilar.

8A8A5042.jpg

Tadbir davomida tijorat banklari vakillari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Bakalavriat va magistraturaning bitiruvchi kurs talabalari bilan taklif etilgan bank vakillari o‘rtasida ishga joylashish va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha muloqotlar olib borildi. Hozirgi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalaviriat bosqichida 14 ta ta’lim yo‘nalishi hamda 23 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

IMG_3373.JPG

Qayd etilishicha, 2019-2020 o‘quv yilida universitetni tamomlayotgan 1106 nafar bitiruvchi bo‘lib, shundan bakalavriat bosqichida 865 nafar va magistratura bosqichida 241 nafarni tashkil qiladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1067
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech