Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Sifatli xizmat ko‘rsatish

Yangilangan sana: 12 Noyabr 2018, 10:24
Sifatli xizmat ko‘rsatish
12 Noy 2018

Joriy yilning 9-10 noyabr kunlari “Poytaxt Tower” Biznes markazida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “SMS-Systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati konsultantlari bilan hamkorlikda “Sifat Menedjmenti Tizimini ISO 9001:2015 standartiga asosan sertifikatlash” mavzuida yuksak amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Treningda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi a’zolari, departament direktorlari va mustaqil boshqarmalari boshliqlari ishtirok etdi.

photo_2018-11-12_09-27-29.jpg

Bank tomonidan tashkil etilgan mazkur trening, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan bank tavakkalchiligini baholash mezonlarini takomillashtirish, kreditlash ko‘lamini oshirish, bank xizmat turlarini kengaytirish va ish uslubini tubdan yaxshilash, mijozlarning bankka nisbatan ishonchli institutsional hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlash, shuningdek mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirishdagi muhim yo‘nalish bo‘ldi.

photo_2018-11-12_09-26-40.jpg

- “Tabiiyki, “Sifat Menedjmenti Tizimini ISO 9001:2015 standarti asosida sertifikatlash mijozlarga nima beradi?, – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan, Xalqaro Standartlarni joriy etish bankning yanada sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini namoyish etish bilan birga, kelgusida bank personali sifat menedjmenti boshqaruvida bevosita o‘z vazifasiga yanada mas’uliyat va puxta yondoshadi, ya’ni kelajakda istiqbolli rejalarni amalga oshirishga intiladi”, - deydi Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti direktori Miluesha Muxammaddiyarova.

- Amaliy ma’noda mijozlar bankning ishonchliligi, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining yuksak talablariga ega bo‘lganligini his etadilar va bank xizmatlarini takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi aniq mexanizmlar yaratiladi”, - dedi Miluesha Muxammaddiyarova.

photo_2018-11-12_09-27-42.jpg

Amaliy trening davomida bank rahbar xodimlariga Xalqaro Standartlarni amalga oshirish, uning qo‘llanilishidagi amaliy vazifalar, ularda ishtirok etadigan barcha tuzilmalar va ularning tuzilishi, ishlash tartibi, maqsad, vazifalari va ular tomonidan bajarilayotgan barcha istiqbolli rejalar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

photo_2018-11-12_09-27-37.jpg

Trening juda qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda tashkillashtirilib, mavzuga oid va boshqa masalalar yuzasidan berilgan savollarga etakchi konsultantlar tomonidan batafsil javob qaytarildi.


Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1014
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech