Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank»: kichik biznesga ko‘mak – ertangi kun samarasi

Yangilangan sana: 12 Avgust 2019, 17:22
«Trastbank»: kichik biznesga ko‘mak – ertangi kun samarasi
12 Avg 2019

Joriy yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da tadbirkorlarni rozi qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashning zamon talablariga javob beradigan mexanizmlarini yaratishga qaratilgan islohotlar tadbirkorlik sub’ektlarining banklarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilish barobarida ulardagi tashabbuskorlikning ortishiga undaydi.

Mamlakatimiz bank tizimida olib borilayotgan islohotlar iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda aholi turmush tarzini yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning banklar ish uslubini tubdan o‘zgartirishi, tadbirkorlarni ularning butun faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlash, o‘z mijozlari bilan haqiqiy ma’noda biznes-hamkor sifatida ishlash borasida bildirgan takliflari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ish faoliyatida ham dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

IMG_0513.jpg

Joriy yilning 9-10 avgust kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Amaliyot boshqarmasi, “Darxon”, “Toshkent” va Yakkasaroy filiallari boshqaruvchilari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan "Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash" maqsadida, Toshkent shahrining Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

IMG_0497.jpg

Interaktiv tarzda tashkil etilgan muloqotda, avvalo, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan kredit siyosatida iqtisodiyotning eksportga yo‘naltirilgan yangi segmentlari rivojlanishi, mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlashni izchil davom ettirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot nomenklaturasini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga faoliyatning ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

IMG_0502.jpg

- Bizning korxona dori-darmon vositalari importi bilan shug‘ullanadi, - deydi “AERO FARM” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Dilbar Nurmurodova. Asosan, rivojlangan mamlakatlardan dori-darmon vositalarini olib kelib, O‘zbekistonda ulgurji sotuvni yo‘lga qo‘yganmiz. Korxonamiz “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Darxon” filialining ko‘p yillik mijozi hisoblanib, bir necha marotaba bankning kredit resurslaridan foydalangan holda uni maqsadli sarflagan. Xususan, bugungi tashkil etilgan uchrashuvga keladigan bo‘lsak, bank rahbariyati mijozlarga taklif qilinayotgan eksport operatsiyalari, yangi bank xizmat turlari va mahsulotlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi. Albatta, tadbirkorlar uchun bank xizmat turlarining tobora kengayib borayotgani va yaratilayotgan qulayliklar bizni quvontiradi. Buning uchun davlatimiz rahbari, qolaversa “Trastbank” rahbariyatiga ham o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman. Biz tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi albatta kelajakda o‘z samarasini berib, yurtimiz rivojiga katta hissa qo‘shadi degan niyatdaman, - deya so‘zini yakunladi Dilbar Nurmurodova.

IMG_0490.jpg

- Men yaqinda rassomchilik va dizayn institutini bitirdim hamda yosh tadbirkor sifatida o‘z faoliyatimni boshlash niyatiman, - deydi bank mijozi Nigora Abdumannopova. “Trastbank”ning Amaliyot boshqarmasi rahbariyati bilan bugun tashkil etilgan uchrashuv davomida yosh tadbirkorlarga ham zaruriy maslahatlar berildi. Albatta, men o‘z mablag‘im va bank tomonidan ajratiladigan kredit hisobidan o‘zimning shaxsiy dizayn studiyamni tashkil etib, yana qo‘shimcha ravishda 4 ta tikuvchi-bichuvchi yoshlarni ham ishga jalb qilishim mumkin ekan. Bugungi uchrashuvda biz kabi yosh tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnunman, - deya so‘zini yakunladi Nigora Abdumannopova.

“Trastbank” rahbariyati va tadbirkorlar o‘rtasida amaliy natijalari bilan ahamiyatli bo‘lgan uchrashuvlar jarayoni tadbirkorlik sub’ektlari uchun yuzaga kelgan muammolarni tezroq hal etish imkonini berib, uchrashuv davomida bank mijozlari hamda tadbirkorlar o‘zlarining ko‘plab murojaatlariga qoniqarli javob oldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 722
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech