Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Toshkent shahrida yangi “Next” va “Beshqayrag‘och” bank xizmatlari markazi ochildi

Yangilangan sana: ...
Toshkent shahrida yangi “Next” va “Beshqayrag‘och” bank xizmatlari markazi ochildi
11 Sen 2019

Joriy yilning 9 sentabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Amaliyot boshqarmasi va Yakkasaroy filiallariga qarashli “Next” va “Beshqayrag‘och” nomli mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ixcham “Bank xizmatlari markazlari” o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslari va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-5780-sonli Farmoni ijrosi doirasida jumladan, aholi va tadbirkorlarning ishonchini qozonish, ularga ko‘makdosh bo‘lish va chakana biznesning zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

IMG_1782.jpg

Ta’kidlash joizki, bank tashkil etilgan ilk kunlardanoq ko‘rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlarning iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishdagi asosiy maqsadlari belgilab olindi hamda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ta’minlaydigan moliyaviy infratuzilma kengaytirilishiga qaratildi. Natijada, bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab bankning 11 ta filiali, 75 ta bank xizmatlari markazi, 36 ta xalqaro pul o‘tkazish shoxobchalari va 22 ta omonat kassalari faoliyat yuritmoqda.

Markazning ochilish marosimida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbarlari hamda Yakkasaroy va Uchtepa tumani mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirok etdi.

- Tijorat banklari filiallarining Beshqayrag‘och mahallamizdan uzoq masofada joylashganligi doimo aholimizga noqulayliklar keltirib, vaqtimizni rejalashtirishga ham qiynalar edik, - deydi Uchtepa mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O‘tkir Haydarov.

Mana bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan mahallamiz markazida “Bank xizmatlari markazi”ning ishga tushgani nafaqat mahalla fuqarolari, qolaversa tadbirkorlarimizga ham o‘z vaqtlarini tejashlarida hamda bank operatsiyalarini zudlik bilan amalga oshirishlarida madad bo‘ladi. Bankning xizmat ko‘rsatish turlari bilan tanishganimizda, bu yerda bank tomonidan 24/7 kechayu-kunduz faoliyat ko‘rsatuvchi bankomatlarning mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatishi bizni quvontirdi, - deya so‘zini yakunladi O‘tkir Haydarov.

Xulosa qilib aytganda, mazkur “Next” va “Beshqayrag‘och” nomli mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan ixcham “Bank xizmatlari markazlari”da aholi va tadbirkorlarga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Mijozlar ushbu markazda bank filialiga tashrif buyurmasdan namunali bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Ya’ni, omonat va kreditlarni rasmiylashtirish, xalqaro pul o‘tkazmalaridan foydalanish, xorijiy valyuta ayirboshlash, hisob raqam ochish, kommunal to‘lovlar va boshqa barcha turdagi bank xizmatlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, “Bank xizmatlari markazi” 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan ta’minlangan. Mahalla aholisi haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida milliy valyutadagi Uzcard va Xumo plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa va shahar telefonlari, kabel televideniyesi hamda internet-provayder xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Darhaqiqat, har bir tumanda bu kabi bank markazlarning tashkil etilishi aholi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishda qo‘shimcha turtki bo‘ladi. Bu esa, respublikada yana qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1262
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech