Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam...”

Yangilangan sana: 9 Fevral 2021, 21:14
“El netib topgay menikim, men o‘zimni topmasam...”
9 Fev 2021

2021 yilning 9 fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh binosida g‘azal mulkining sultoni Hazrati Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan videokoferensaloqa shaklida ijodiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

IMG_9515.JPG

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 19 oktabrdagi “Buyuk shoir va mutaffakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4865-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan ijodiy kechada mehmon sifatida tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Davlat drama teatri aktyori Elyor Nosirov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiyot, targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i, shoira Farog‘at Xudoyqulova hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Toshkent shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi” bo‘lim boshlig‘i Elyor Jo‘rayevlarning ishtiroki tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.

IMG_9499.JPG

Ma’lumki, buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam o‘rin egallagan.

IMG_9485.JPG

- Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi, - deydi tadbir ishtirokchisi Ijro apparati Kanselyariya bo‘limi Bosh mutaxassisi Shohida Hayitqulova. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligini anglash tuyg‘usi ham bizning ongu shuurumiz, yuragimizga avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Navoiy ijodi sira tuganmas xazina sanaladi, uni o‘rganganimiz sari u haqidagi bilimlarimiz juda ozligiga ishonch hosil qilamiz. Bugungi tadbirimiz ham Navoiyni o‘rganish yo‘lidagi bir urinish, bir saboq o‘rnida hisoblanadi. Chunki Navoiyni o‘rganish to insoniyat yashar ekan aslo tugamaydi. Bugun Navoiy asarlari nafaqat o‘zbek kitobxoni, balki dunyodagi barcha xalqlar kitobxonlari tomonidan mutolaa qilinmoqda, bu asarlar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Biz bugun Navoiy kabi buyuk siymolar avlodi ekanimizdan faxrlanamiz, - deya so‘ziga yakun yasadi Shohida Hayitqulova.

IMG_9490.JPG

Darhaqiqat, dunyoda Alisher Navoiy kabi asarlari keng tarqalgan, jahonning deyarli har bir chekkasida kitoblarining nusxalari saqlanayotgan boshqa bir ijodkorni topish qiyin.

IMG_9479.JPG

Tadbir davomida Navoiyni o‘qimoq va uqmoq har birimizning burchimiz, uning g‘oyalariga munosib bo‘lish esa mas’uliyatimiz ekanligi ta’kidlandi.

IMG_9519.JPG

Shuningdek, ijod ahllari va yosh xodimlar tomonidan alloma qalamiga mansub g‘azallaridan namunalar o‘qildi.

IMG_9498.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1358
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech