Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Farg‘onada yangi mini bank va pul o‘tkazish shaxobchasi ochildi

Farg‘onada yangi mini bank va pul o‘tkazish shaxobchasi ochildi
8 Okt 2018

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki respublikamiz hududlari bo‘ylab o‘z mini-banklari tarmog‘i ko‘lamini kengaytirish hamda chakana biznesni rivojlantirish yo‘li bilan mijozlarga zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishni bugun o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydi.

Joriy yilning 5 oktabridan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Farg‘ona filiali qoshida yangi “Farg‘ona-Atlas” mini-banki hamda mazkur mini-bank qoshida yangi pul o‘tkazmalari shaxobchasi o‘zfaoliyatini boshladi.

Mazkur mini-bank yuridik va jismoniy shaxslarga hisob raqam ochish va yuritish, kredit va lizing xizmatlari, valyuta ayirboshlash amaliyotlari, internet bank xizmatlari, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqa turdagi to‘lovlarn iamalga oshirish kabi bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Shuningdek, hafta davomida mijozlar dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi "Western Union", "Contact", "MoneyGram", "UniStream" va "ZolotayaKorona" pul o‘tkazmalari tizimlar iorqali jo‘natilgan mablag‘larini bir necha daqiqalarda olish imkoniyati ham yaratilgan.

“Farg‘ona-Atlas” mini-banki joylashgan manzil: Farg‘ona shahri, Tarona ko‘chasi, 16-uy (mo‘ljal: “Atlas” mediaparki) Telefon: (0373) 229-00-83

Ishvaqti: soat 9.00 dan 18.00 gacha (tushliksiz)

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 966
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech