Tanlovda ishtirok etish uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar Bankka (Termiz filialiga) quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
· Baholash faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
· Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· Baholovchi tashkilotning kasbga oid javobgarligi sug‘urtasi polisi nusxasi;
· Baholash ishining bajarilish muddati va taxminiy narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi;
· Litsenziyalash organi tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholash tashkiloti rahbari va baholovchilariga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxalari.
Tijorat takliflarini 2020 yil 9 sentabr soat 15.00 ga qadar quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 190112, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Navbahor ko‘chasi, 13 “G” uy.
Ma’lumot uchun telefonlar: (76) 227-35-01, (76) 227-34-72.