Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbankda anderrayter tizimi joriy qilindi

Yangilangan sana: 7 Avgust 2020, 15:34
Trastbankda anderrayter tizimi joriy qilindi
6 Avg 2020

“Trastbank” XAB bank faoliyatini transformatsiyalash doirasida anderrayting – qarz oluvchilar to‘g‘risida o‘z tahliliy tizimini joriy etdi.

Mazkur tizim bank tomonidan jismoniy shaxslarga mikroqarz va overdraft kreditlari ajratilishi jarayonlarida test-sinov tariqasida amaliyotdan o‘tkazildi va ijobiy natijaga erishildi.

Bank anderrayter mutaxassisi mijoz maʼlumotlarini tahlil qilish va tekshirish orqali kredit berish bilan bog‘liq xatarlarni mustaqil baholaydi hamda xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha professional xulosa tayyorlaydi. Mazkur tizim mijozga kredit olishdagi vaqtining tejalishi uchun sharoit yaratadi.

Qayd etish joizki, bank xizmatlar ko‘lamini ilg‘or amaliyot va xalqaro standartlar asosiga qurish borasida mijozlarga yangi va qulay xizmat turlarini joriy qilish ustida doimiy izlanishlar olib bormoqda.

Bundan oldin bank xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini tahlil qilish va baholashni optimallashtirish, kredit berish jarayonini soddalashtirish va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida rasmiy veb sayt orqali skoring modelini ishga tushirgan edi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1228
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech