Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xodimlar moliyaviy savodxonligi oshirildi

Yangilangan sana: 8 Aprel 2019, 11:56
Xodimlar moliyaviy savodxonligi oshirildi
8 Apr 2019

“Bank o‘quv markazi” hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va nazorat qilish departamenti hamkorligida joriy yilning 5-6 aprel kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Bank iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va nizolar bilan ishlash, mijozlar bilan ishlashdagi amaliy mahorat sirlari” mavzusida tashkil etilgan 2 kunlik seminar-trening bugun o‘z ishini yakunladi.

IMG_5585.JPG

Bugungi treningda psixolog-akmeolog Mirsharap Sodiqov va bankning filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘stmuhamedov tomonidan bank Bosh ofisi, Toshkent shahri va viloyat filiallaridan tashrif buyurgan personal menejerlar, fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlar va bank administratorlariga mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda xizmat ko‘rsatish madaniyati, mijoz va bank xodimi o‘rtasida o‘zaro munosabat o‘rnatish usullari, mijozlar bilan ishlashda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, mijoz haqidagi verbal va noverbal ma’lumotlar, bank xodimi sifatida mijozlarni eshita bilish ko‘nikmalarini shakllantirish borasidagi bilim va kasbiy malakalarini oshirish hamda bank xodimining muomala madaniyati masalasiga batafsil to‘xtalib, bank xodimlariga tegishli ko‘nikma va tushunchalar berildi.

IMG_5596.JPG

Bundan tashqari, seminar-trening davomida xodimlarga aniq misollar va muammoli vaziyatlar muhokamasi o‘rtaga tashlanib, interfaol o‘yinlar orqali vaziyatdan chiqish va jonli muzokaralar olib borish uslublari o‘rgatildi. Jumladan, psixolog-akmeolog Mirsharap Sodiqov tomonidan malakali kadr bankning rivojlanishi va muvaffaqiyati garovi mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi va bu borada psixolog maslahatlari berildi.

IMG_5564.JPG

- Men albatta juda ko‘pgina davlat banklarida, qolaversa bir qancha xususiy banklarda ham treninglar tashkil etganman. Lekin, bugungi Trastbankda tashkil etilgan trening boshqa treninglarga nisbatan ancha farq qilmoqda. Chunki, ko‘rinib turibdiki, bu yerda faoliyat yuritayotgan o‘g‘il-qizlar kasbiy mahoratda ancha intiluvchan, izlanuvchan va doimo olg‘a intiladigan yoshlardan iborat jamoa desam mubolag‘a bo‘lmaydi, - deydi O‘zbekiston psixologlar uyushmasining kibernetika bo‘limi boshlig‘i psixolog-akmeologi Mirsharap Sodiqov.

IMG_5613.JPG

Respublikamizda “Kadrlar siyosati”da bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatish ancha quvonarli holat. Lekin, bank tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Personal boshqarish”, “Moliyaviy menejment” va “Kadrlar menejment”lari yonma-yon birga kelmasa rivojlanish bo‘lmaydi. Agar biz moliyaviy menejmentni o‘ylasak-da, kadrlarni o‘ylamasak qanday qilib mehnat unumdorligiga erishamiz? Qanday qilib bankni yuqori cho‘qqilarga olib chiqamiz? Agar bankda salohiyatli kadrlar bo‘lmasa, chet el banklari bilan qanday qilib muzokaralar olib boramiz? Bu birinchi masala.

IMG_5620.JPG

Endi ikkinchi masala, qanday qilib yuqori cho‘qqiga chiqaramiz va uchinchi masala bankimizni qanday qilib raqobatbardosh bankka aylantiramiz. Bu masalalar meni ko‘p yillardan beri o‘ylantirib keladi va bosh masala, bizda kadrlarni tabiiy tanlovini, ya’ni konkurs asosida tanlashni yo‘lga qo‘yish kerak. Ikkinchidan, kadrlarni ishga olgandan so‘ng ularni tahlil qilib bo‘lgach, ularni joy-joyiga qo‘ya bilish darkor. Kimni qaysi lavozimga layoqati bor, kim jiddiy, yana kimdir tartibli, yana kimdir tashrif buyurgan mijozlar bilan juda yaxshi til topadi. Shunga qarab strukturani ya’ni, tuzilmani joy-joyiga qo‘yish kerak. Demak, rahbardan tortib to bank farroshigacha bo‘lgan xizmat faqat bitta maqsad uchun yo‘naltirilishi lozim. Ya’ni, bankning Ustavidagi maqsadi va vazifalariga xizmat qilishi kerak. Bankning har bir xodimi bir yoqadan bosh chiqarishi uchun bankda faoliyat yuritayotgan har bir xodim o‘z faoliyati bo‘yicha tasdiqlangan nizom bilan tanishtirilishi kerak.

IMG_5758.JPG

Bundan tashqari, ushbu bankda faoliyat yurituvchi personal menejerlar malakasini doimiy oshirib borish bilan birga korporativ ta’limni kuchaytirish lozim. Korporativ ta’lim nima degani? Mazkur korporatsiyaning ichida faoliyat yurituvchi rahbar xodimlari va bo‘lim boshliqlari quyi lavozimdagilar bilan juda ko‘p ishlashi kerak. Agar ayrim mavzularda ularning salohiyati yetmasa, tashqaridan uyushma va universitetlarning professor o‘qituvchilarni taklif qilgan holda doimiy bilim saviyalarini oshirib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

IMG_5713.JPG

Bugungi yig‘ilishimiz interfaol yo‘nalishda diskussiya tarzida tashkil etilgan. Mana shu uslubni biz rivojlantirishimiz darkor. Soatlab ma’ruza o‘qish tizimidan biz voz kechishimiz lozim. Shu bilan birga atamalarni yod oldirish tizimidan ham voz kechish lozim. Kredit nima ekanligini xodimlarga yod oldirmay, u kreditni nima ekanligini fikrlab, anglab, ijod qilib, mehnat qilsagina, xodim ushbu mehnatidan rohat olishi va Trastbank uchun foydali xodim bo‘lib yetishib chiqishi mumkin. Ana shundagina bu xodim mehnatidan bank ham manfaat oladi.

IMG_5779.JPG

Bugun tashkil etilgan bu trening albatta menga ma’qul keldi. Chunki ko‘rinib turibdiki, Trastbankda faol yosh kadrlar juda ko‘pchilikni tashkil qilib, ularning orasida yetuk bo‘lim boshliqlari ham bor. Albatta, kadrlarni o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tgani meni quvontirdi. Chunki, meni o‘g‘lim yoki nabiram 10 yoshidan boshlab o‘zini boshqarsa, qolaversa har bir o‘zbek yigit-qizi o‘zini ta’lim-tarbiyada va boshqa sohalarda o‘zini boshqara bilsa, shu jumladan bankning personal menejerlari ham o‘zini boshqarsa, o‘zining “Men”idan voz kechib, mijozning “Men”iga o‘tsa va mijozga mos rolga kirsagina, bu bank albatta O‘zbekiston banklari ichida eng rivojlangan banklar qatorida bo‘lishi shubhasiz.

IMG_5784.JPG

Trastbank tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodimga mening niyatlarim, shaxsiy va kasbiy komillikka erishish bilan birga, kelajakda martabaviy komillikka erishib, o‘zini anglasin, namoyon qilsin va o‘zini barkamol inson qilib yaratsin. Shundagina biz O‘zbekistonda intellektual kapital va inson kapitali yordamida yuqori cho‘qqilarni zabt etamiz hamda rivojlangan davlatlar qatorida turamiz deya ishonch bildiraman. Chunki, bizning mehnatsevar xalqimiz, bugungi yosh avlodimiz albatta bunga qodir, - deya so‘zini yakunladi Mirsharap Sodiqov.

IMG_5845.JPG

Seminar-trening ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1109
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech