Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Is gazidan zaharlanishning oldini olish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 5 Dekabr 2019, 16:54
Is gazidan zaharlanishning oldini olish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
5 Dek 2019

2019 yilning 4 dekabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlarining yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda qish mavsumida havoning keskin sovib ketishi oqibatida insonlar hayoti xavfsizligini ta’minlash va is gazidan zaharlanish oqibatlarining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish masalasida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

photo_2019-12-05_15-30-37.jpg

Tadbirda bankning xavfsizlik departamenti bo‘limi boshlig‘i Nasim Tursinov, Shayxontohur tumani yong‘in xavfsizligi bo‘limi inspektor-serjanti Farrux Raximov, bo‘lim inspektor-serjanti Fazliddin Axmedov, Bosh bank va Amaliyot boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi.

photo_2019-12-05_15-30-30.jpg

Tadbir davomida tabiiy gazning to‘liq yonmasligi, bexosdan uzilib qolishi, xona ichida to‘planishi, yoqib qarovsiz qoldirish, ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash, yong‘in, hamda tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlar haqida so‘z yuritildi. Bunday holatlar hatto insonlarning turli xil tan jarohati olishi yoki o‘limi bilan yakunlanayotganligi haqida bank xodimlari ogohlantirildi.

photo_2019-12-05_15-30-33.jpg

Shuningdek, tadbirda is gazidan zaharlanish aks ettirilgan videorolik havola etildi. Tadbirning bu kabi interfaol usulda tashkil etilishi bank xodimlarining is gazidan zaharlanish va uning oldini olish sohasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini oshishida muhim ahamiyat kasb etadi

photo_2019-12-05_15-30-31.jpg


photo_2019-12-05_15-30-35.jpg
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 640
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech