Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida Bosh kredit kelishuvi imzolandi

Yangilangan sana: 23 Dekabr 2020, 12:02
“Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida  Bosh kredit kelishuvi imzolandi
23 Dek 2020
Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3439-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki uzoq yillar davomida xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ularni mustahkamlash bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, yil yakunida mazkur sohada erishilgan yana bir yutuq – “Trastbank” va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida 30 mln. Yevro miqdorida Bosh kredit kelishuvining imzolanishi bo‘ldi.

Avstriyaning eng yirik banklaridan biri va bank xizmatlarining faol xalqaro poydevori sanalgan Raiffeisen Bank International AG banki “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining muhim strategik sheriklaridan biri hisoblanadi. Banklar korrespondentlik aloqalari, savdo-moliya va g‘aznachilik kabi sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Tomonlar o‘rtasida imzolangan yangi kelishuv banklararo muloqotni kengaytirish bilan birga, Yevropa mamlakatlarining milliy eksport kredit agentliklari ishtirokida uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ham imkon beradi.

Bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi yetakchi xususiy banklardan biri hisoblanadi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 646
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech