Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank: “Garov reestridan foydalanishning afzalliklari”

Yangilangan sana: 27 Noyabr 2020, 14:12
Trastbank: “Garov reestridan foydalanishning afzalliklari”
26 Noy 2020
Joriy yilning 25 noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Garov reestridan foydalanishning qulaylik va afzalliklari hamda sohadagi o‘zgarishlar” mavzuiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Garov reestri" davlat unitar korxonasi mutaxassislari Abdurashid Nabixo‘jayev va Bahrom Muxammadiyevlar, Bosh bankning O‘quv markazi, Chakana biznes, Kreditlash, Kredit portfeli tahlili va monitoringi hamda Yuridik xizmat departamentlarining mas’ul xodimlari, Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon” va Yakkasaroy filiallarining yurist va kreditlash amaliyotlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari, shuningdek, bankning viloyat filiallari xodimlari onlayn tarzda Zoom ilovasi orqali ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining2019 yil 22 oktabrda“Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. Unga muvofiq, ta’minot munosabatlarida kreditorlarning qarzdor mulkiga bo‘lgan huquqlarining ustivorligi, ta’minot hisobidan talablarni qondirish va bunda garov reestriga yozuv kiritgan kreditorlar bir qator imtiyozlarga ega bo‘lishi belgilangan.

IMG_5252.JPG

Onlayn seminarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Garov reestri" davlat unitar korxonasi mutaxassislari Abdurashid Nabixo‘jayev va Bahrom Muxammadiyevlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda moliyaviy xizmatlar tizimini rivojlantirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, soliq va boshqa to‘lovlardan qarzdorlikni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolarga o‘z mulkini garovga qo‘ygan holda kreditdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

- Qonunchilikka kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar va yaratilgan imkoniyatlar garov munosabatlarida garov mulkiga bo‘lgan kreditorlar talablarini qondirish imkoniyatlarini oshirish bilan birgalikda kreditorlarning tavakkalchiligini pasayishiga hamda tadbirkorlik sub’ektlarini mulk garovi ostida kreditlash imkoniyati kengayishiga va kreditlash jarayonini tezlashishiga xizmat qiladi, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi "Garov reestri" davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi Bahrom Muxammadiyev.

Ta’kidlash joizki, garov reestrining qo‘llanilishi kreditlar hajmi sezilarli darajada o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi, - dedi Bahrom Muxammadiyev.

Qizg‘in bahs va munozara shaklida o‘tgan seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 766
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech