Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Qarshilik hamkasblar, g‘oliblik muborak bo‘lsin!

Yangilangan sana: 26 Noyabr 2020, 09:23
Qarshilik hamkasblar, g‘oliblik muborak bo‘lsin!
26 Noy 2020
“Trastbank”ning Qarshi filiali xodimlaridan tarkib topgan mini futbol jamoasi Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tashkil etilgan “Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kubogi-2020” musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.

Ushbu musobaqada viloyatdagi 32 ta korxona va tashkilot rahbar va ishchi xodimlari ishtirok etdi.

Mini-futbol bo‘yicha Qarshi filiali jamoasi gigant Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi kabi jamoalarni murosasiz o‘yinlarda mag‘lub etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va “Mini futbol-2020” o‘yinlarida 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

2.jpg

Qayd etish lozimki, davlatimiz rahbarining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida bank tomonidan sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Hozirgi paytda xodimlar sog‘ligi bankning muhim qadriyatlaridan biriga aylangan. Sog‘lom turmush tarzini ommaviylashtirish maqsadida bankning har bir filialida sportning ommaviy turlari bo‘yicha jamoalar shakllantirilgan. Filiallar o‘rtasida muntazam sport musobaqalari o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yilgan.

“Trastbank” jamoasi Qarshi filiali mini-futbol komandasini g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etadi va kelgusida ham mijozlarga sifatli bank xizmati ko‘rsatish hamda sportning turli jabhalarida ulkan zafarlar tilab qoladi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 745
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech