Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Masofaviy onlayn o‘quv kurslari o‘z samarasini bermoqda

Yangilangan sana: 8 Oktabr 2020, 11:57
Masofaviy onlayn o‘quv kurslari o‘z samarasini bermoqda
7 Okt 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga erishish maqsadida bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari yetarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ham mablag‘lar yetarliligi va likvidlilik darajasini oshirish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun respublikada yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda mazkur masalada bank xodimlari malakasini oshirish maqsadida masofaviy vebinar usuli qo‘llanildi.

photo_2020-10-07_17-31-27.jpg

Joriy yilning 6 oktabr kuni bankning O‘quv markazi va G‘aznachilik departamenti hamkorligida “Markazlashtirilgan resurslarni qayta taqsimlash bo‘yicha Bosh bank va filiallar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish tartibi” mavzusida onlayn videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiyani G‘aznachilik departamenti direktori Jalil Usmanaliyev olib bordi. Unda bank filiallarining buxgalteriya bo‘limlarining xodimlari va mavzuga aloqador bo‘lgan 97 nafarga yaqin xodimlar ishtirok etdi.

Tashkil etilgan vebinarda, kreditlash faoliyati va boshqa faol operatsiyalarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan likvidlilik darajasini saqlab turish uchun markazlashtirilgan resurslarni filiallarga sotish masalalari, bankning likvid holati, resurs bazasining yetarliligi, mamlakatdagi mavjud iqtisodiy xolatni hisobga olgan xolda bank likvidliligini boshqarish, tashkil etiladigan banklararo operatsiyalar bo‘yicha limitlarni belgilash tartibi, pul bozori operatsiyalari va valyuta kurslarining nazorati, jumladan valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisobdorlik va javobgarlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Vebinarning yakunlovchi qismi savol-javob tarzida tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha ma’lumot oldilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1041
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech