Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Onlayn mikroqarz miqdori oshirildi

Yangilangan sana: 23 Sentabr 2020, 12:26
Onlayn mikroqarz miqdori oshirildi
22 Sen 2020
2020 yil davlatimiz rahbari Farmoniga ko‘ra “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingan. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan mazkur dastur ijrosi doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mobil ilova orqali masofadan onlayn xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning may oyidan boshlab bankning “TrustPay” mobil ilovasi yordamida bank mijozlari va aholiga 500 ming so‘mdan 5 mln. so‘mgacha onlayn mikroqarz ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bank kredit komissiyasining joriy yil 18 sentabrdagi qaroriga asosan, mazkur miqdor 10 mln. so‘mga oshirildi.

Endilikda aholi va bank mijozlari “TrustPay” mobil ilovasi yordamida 10 000 000 (o‘n million) so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni mustaqil rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1466
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech