Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da masofaviy videokonferensiya

Yangilangan sana: 16 Sentabr 2020, 12:53
“Trastbank”da masofaviy videokonferensiya
16 Sen 2020

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatining tasdiqlangan standartlari asosida “Sirli mijoz” metodida doimiy baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 15 sentabr kuni bankning barcha filiallari xodimlari uchun “Sirli mijoz” metodi orqali tashqi marketing kompaniyasi tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan pandemiya sharoitini hisobga olgan holda Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti va O‘quv markazi ishtirokida masofaviy videokonferensiya tashkil etildi.

IMG_4043.JPG

Videokonferensiyada Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Oybek Do‘smuhamedov filiallarning mutaxassislari tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlili hamda xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bank filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining doimiy ravishda nazorat qilib borilishi, ularning samarali faoliyatida muhim asos hisoblanadi.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 919
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech