Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganligi to‘g‘risida

Yangilangan sana: 12 Iyun 2020, 19:54
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilganligi to‘g‘risida
12 Iyun 2020

Joriy yilning 12 iyun kuni kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kengashi Raisi Tohir Sharipov boshqardi. Yig‘ilish davomida kun tartibidagi quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

photo_2020-06-12_18-11-14.jpg

1. “Trastbank” XABning 2019 yil faoliyati yakunlari va 2020 yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish.

2. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ning 2019 yil yakunlari bo‘yicha hulosasini tasdiqlash.

3. 2019 yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:

- moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot;

- foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot;

- umumiy kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot;

- pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot;

- 2019 yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi maʼlumot.

4. 2019 yilda olingan foydani taqsimlash.

5. Bank faoliyatining 2020 yilning 1-yarim yilligi va 2020 yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik va IT audit tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.

6. “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish.

photo_2020-06-12_18-11-25.jpg

7. Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olingan, 2019 yilda umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.

8. Bank Kengashining 2019 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv meʼyorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.

9. Bank Kengashi aʼzolarining son tarkibini tasdiqlash.

10. Bank Kengashi aʼzolarini saylash.

11. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni saylash.

12. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

13. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.

14. ““Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to‘g‘risida nizom”ni tasdiqlash.

15. Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

photo_2020-06-12_18-11-51.jpg

Muhokamalar jarayonida aksiyadorlar tomonidan umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va konstruktiv muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1101
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech