Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Qozog‘iston shirkatlari ishtirokida davra suhbati

Yangilangan sana: 29 Sentabr 2018, 14:13
Qozog‘iston shirkatlari ishtirokida davra suhbati
29 Sen 2018

Joriy yilning 28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro almashinuv mexanizmini qo‘llash orqali manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida Qozog‘iston va O‘zbekiston rasmiy tuzilmalari va ishbilarmon doiralari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

DSCN5220.JPG

O‘zbekiston Respublikasi тovar-xom ashyo birjasi va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbati “Mamlakatda valyuta siyosatini liberallashtirish, real bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sog‘lom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki, Qozog‘istonning “Sas-Tobe Technologies» mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari ishtirok etdilar.

DSCN5267.JPG

Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017 yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli hamda 2018 yil 16 yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5303-sonli Farmonlarining qabul qilinishi mamlakatga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish bo‘yicha ayrim sub’ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, ayrim mahsulot turlari importining monopollashtirilishi, narxning sun’iy oshirilishi, oqibatda, bu asosda asossiz foyda ko‘rishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish borasidagi muhim qadam bo‘ldi.

Tadbir davomida birja savdolarida norezidentlarning ishtirok etish tartibi, akkreditlash mexanizmlarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga savdo-sotiqni yo‘lga qo‘yish, import shartlari bo‘yicha yuklarni va o‘zaro banklararo hisob-kitoblar mexanizmini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

DSCN5221.JPG

Shuningdek, valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublikada eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Anjuman davomida O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining o‘zaro munosabatlari, mijozlar bilan o‘rnatiladigan aloqalar va ularning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda bank va mijoz o‘rtasida o‘rnatiladigan o‘zaro manfaatli hamkorlik natijalari taqdimoti o‘tkazildi.

DSCN5231.JPG

Mazkur uchrashuv birja va bank vakillari hamda Qozog‘istonlik shirkatlar o‘rtasida qalin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, qolaversa tadbirkorlik va biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yaqin muloqot o‘rnatish uchun keng imkoniyat yaratdi.

“Ta’kidlash joizki, bugun o‘zaro hamkorlik ruhida tashkil etilgan davra suhbati davomida ko‘plab muhim masalalar muhokama qilindi. O‘z navbatida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki faoliyatiga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugungi qizg‘in bahs-munozaraga boy davra suhbati davomida biz yo‘nalishimizning keyingi bosqichlarini aniq belgilab oldik”, - dedi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Axborot xizmati vakili.

DSCN5227.JPG

O‘z navbatida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki davlatimiz tomonidan mamlakat iqtisodini rivojlantirish borasida olib borilayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlagan holda xorijiy mamlakatlarning biznes hamkorlarini qabul qilishga va yuqori sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor, o‘ylaymanki, mazkur hamkorlik aloqalari ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorlashuvini ta’minlashga xizmat qiladi”, - dedi so‘zining yakunida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Axborot xizmati vakili.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbariyati tomonidan hamkorlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi, shuningdek, bank faoliyati va bank xizmatlari bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
DSCN5208.JPG
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1184
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech